$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Kristall tuni” takrorlanishi mumkinmi?

14:53 / 10.11.2023

Butun dunyo e’tiborida bo‘lgan Isroil-XAMAS urushi vaqtida ko‘plab tarixiy voqeliklar yodga olinyapti. Shu jumladan 9-noyabr butun dunyoda fashizmga qarshi kurashish kuni, ko‘plab Yevropa davlatlarida nishonlandi. Bu kunning tarixi aksar siyosatchi va oddiy insonlarga “Kristall tuni”ni ham eslatdi. Ushbu tarixiy voqeani eslab Gitlerning fashistik g‘oyasi hali ham mavjud ekanligini, faqat boshqalar tomonidan amalga oshirilayotganini qayd etganlar ham bo‘ldi.

“Kristall tuni” voqealari esa Kanadaning Monreal shahridagi universitet talabalari tomonidan ham esga olinib, maxsus plakatlar yaratildi. Bundan ko‘zlangan maqsad Falastin tarafdorlarini namoyishga chaqirish bo‘lgan. Namoyish 9-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Namoyish sodir etilgani haqida hech qanday rasmiy yoki norasmiy axborotlar topilmadi. 

Tarix qaytarilishi mumkinmi?

“Kristall tuni” voqealariga to‘xtalishdan avval Adolf Gitlerning fashizm g‘oyasini qisqacha izohlasak. Bu italyancha “fascio” so‘zidan kelib chiqib tayoqlar to‘plami, degan ma'nonini anglatadi. Fashizmning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, kuchlining kuchsizga, ko‘pchilikning ozchilikka qilgan jinoyati, deb qaralgan. Gitlerning irqchilik siyosati va bunda yahudiylarni qirg‘in qilish amaliyotlari jamlangan edi. Bugunga kelib “yahudiylar Gitlerning harakatini qaytarishmoqda, ular ham fashistlik qilishmoqda” deguvchilar ham topilmoqda. Vaziyatga qaralganda maqsad va mafkura boshqa bo‘lsada, voqelik oqibatlarida tarix qisman qaytarilayotganiga guvoh bo‘lamiz. Yani ko‘pchilik tomonidan ozchilikning o‘qqa tutilishi. Siyosiy taranglik cho‘qqisiga chiqmoqda, dunyo xalqlari namoyishlarni to‘xtatmayapti. “Kristall tuni” tarixi esga olinmoqda. Bu tunda qanday harakatlar amalga oshirilgan va nima sababidan bo‘lib o‘tganini yodga olamiz.

“Kristall tuni” yoxud yahudlarga qarshi kurash

Разбитые витрины

“Singan derazalar kechasi” (namoyishning ikkinchi nomi) 1938-yil 9-10-noyabrda Germaniya, Avstriya va Sudetning ayrim qismlarida yahudiylarga qarshi pogrom (bir qator kelishilgan hujumlar)bo‘lib o‘tgan. Bu harakat harbiylashtirilgan kuchlar jumladan Germaniyadagi Milliy sotsialistik nemis ishchilar partiyasining “Jigarrang ko‘ylaklilar” jangari tashkiloti va oddiy aholi tomonidan amalga oshirilgan. Politsiya bu voqealarga to‘sqinlik qilmagan. Hujumlar oqibatida ko‘plab yahudiylarga qarashli do‘konlar, binolar va sinagogalar derazalari sindirilgan. Shu sababli ushbu harakat “Kristall tuni”, deb nomlangan.

Bu qarshi namoyishga nemis diplomati Ernst vom Rathning Parijda polshalik yahudiy Gerschel Grynszpen tomonidan o‘ldirilishi sabab bo‘lgan. Bu jinoyat xalqaro yahudiylar tashkilotining Germaniya va Fyurerga hujumi, deb talqin qilgan. “Kristall kechasi”dan keyin yahudiylarga iqtisodiy, siyosiy ta'qiblar davom etgan va yahudiylar muammosi hamda Xolokost mojorosi boshlanishiga turtki bo‘lgan.

2023-yil 9-noyabr kuni Germaniyada bo‘lib o‘tgan fashizmga qarshi kurashish kuni tadbirida hukumatning antisemitizmga qarshi kurash bo‘yicha komissari Feliks Klayn hali ham antisemitizm insonlar ongida yashayotganini, Isroil-XAMAS urushi vaqtida bu yaqqol ko‘ringanini aytib o‘tgan.

“Kristall tuni” butun boshli Gitlerning qirg‘inlariga debocha bo‘la olgan bo‘lsa, dunyodagi hozirgi vaziyat oddiy aholi tomonidan “Kristall tuni” boshlanmasligining oldini olishi kerak degani emasmi? Buning uchun tinchlik bitimi, adolatli kelishuv zarur. Ammo Falastinda har kuni kasalxonalar, binolar o‘qqa tutilmoqda. Xamas jangari harakatini yo‘q qilishga tinimsiz urunish oqibatida qanchadan-qancha tinch aholi halok bo‘lyapti. 7-oktyabrdan buyon Isroil havo hujumlaridan 10 000 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, ular orasida minglab ayollar, bolalar hamda qariyalar ham bor.


“Kristall tuni”ga nisbatan davlatlarda qanday munosabat bildirilgan?

SSSR gazetalari butun dunyo bo‘ylab “Singan derazalar tuni”ga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazgan. Shu jumladan 15-noyabr kuni Moskvadagi gazetalar davlat konservatoriyasining katta zalida "sovet ziyolilari" nomidan antisemitizmni qoralovchi rezolyutsiya qabul qilgani haqidagi xabarlarni nashr etgan. AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt norozilik belgisi sifatida faqat Berlindan Amerika elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib olgan. Buyuk Britaniya va Fransiya ham norozilik bildirgan, ammo fashistlar Germaniyasi bilan diplomatik aloqalarni uzmagan. Germaniya hukumati buyrug‘I bilan qo‘lga olingan yahudiylar 3 ta konslagerga joylashtirilgan. Ayrimlari davlatdan chiqib ketish evaziga ozod qilingan. O‘sha vaqtdagi voqeliklarni gazetalar tomonidan qizg‘in yoritilishi tarixda ilk bor edi, deyiladi The Times jurnalida.

Bugungi kunda ham OAVlarining sahifalari Isroil-XAMAS urushining “qonli” ma’lumotlari bilan to‘lib-toshmoqda. BMTga taqdim qilinayotgan ushbu urushni bartaraf etishga qaratilgan rezolutsiyalar amalda natija berishini butun dunyo kutmoqda. Isroil bosh vaziri Netanyaxuning garovdagilarni qaytarmaguncha va Xamas yo‘q qilinmaguncha jangovor harakatlarni to‘xtatmasligi, to‘g‘risidagi bayonoti vaziyatni yanada keskinlashtirdi shu bilan birga ancha oydinlashtirdi. Isroil qurolli kuchlari tinch aholi saqlanayotgan kasalxona va binolar ichida XAMAS jangovаr tashkilotining yashirin yer osti tunellari borligini, da’vo qilmoqda. Shu sababdan ham tinch aholi jon saqlayotgan va davolanayotgan kasalxonalar havo hujumlariga uchrashni davom etmoqda. Isroil armiyasi ushbu hujumlarni shunday izohlamoqda. Ammo bundan ko‘rilgan zarar, tinch aholining halok bo‘layotgani inobatga olinmayapti.

Namoyishlarning aksariyati begunoh, tinch aholining qirg‘in qilinishiga qarshi uyushtirilmoqda. Ammo yahudiylarni tahqirlash, zo‘ravonlik qilish holatlari ham mavjud. Hatto Isroil va Falastin namoyishchilari o‘rtasidagi janjallar ijtimoiy tarmoqlardagi tasvirlarda aks etmoqda.

Jahon Sionistik Tashkiloti va Yahudiy agentligi oktabr oyida Isroil-XAMAS mojarosi natijasida dunyo bo‘ylab antisemitizm darajasi 1180 foizga oshganini ma'lum qilgan. Yahudiylarga qarshi zo‘ravonlik holatlari ayniqsa Parij, Nyu-York, Buyenos-Ayres, Los-Anjeles va Vashingtonda sezilarli kechmoqda.

Agentlik butun dunyo bo‘ylab internetdagi antisemitistik kontentning asosiy qismi arab (71 foiz) va ingliz (28 foiz) tillarida nashr etilgani to‘g‘risidagi axborotni taqdim etdi. Bu esa o‘z-o‘zidan vaziyatning yanada keskinlashishiga olib keladi. Sonlar islom davlati qurbonlarining tarafdorlari ko‘p ekanligini anglatadi.

Axborotning imkoniyatlari juda keng va kuchini to‘g‘ri baholay olish hozir muhim. Negaki, noroziliklarning oxiri bo‘lishi kerak. Buning uchun tinchlik o‘rnatilishi zarur, deydi Los-Anjelsdagi Falastinni qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etayotgan namoyishchilardan biri.

Malika NORBEKOVA


Siyosat


														
														Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026

														
														Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzodini …
16:31 / 26.10.2026

														
														Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir parlamenti Nigerga harbiy xizmatchilar yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bu mamlakatning 1973-yildan beri il…
11:01 / 26.10.2026

														
														Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada Yaponiyaning Hokkaido Shimbun gazetasi muxbiri Imayi Yuki josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Rossiya Federal xav…
09:37 / 14.10.2026

														
														Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an urush jinoyatlarida ayblanayotgan shaxslar BMT minbarida emas, sud zalida javob be…
10:44 / 27.09.2026

														
														Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026

														
														Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQ…
16:05 / 25.09.2026

														
														Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mav…
09:47 / 23.09.2026

														
														AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026

														
														Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026

Bu ham qiziq

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!