$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: 4-noyabr – afsonaviy Tutanxamon maqbarasi topilgan kun

12:52 / 04.11.2021

1922-yilning 4-noyabr kuni arxeolog Govard Karter rahbarligidagi ekspeditsiya qadimgi Misr firʼavni – Tutanxamon maqbarasini topdi. U bugungi kunga qadar dunyodagi eng mashhur topilmalardan biri sifatida eʼtirof etiladi.

Uchta tobut

Arxeologlar maqbaraga kirish yoʻli topilganidan keyin oradan 2 yil vaqt oʻtib, 1924-yilda ulkan yogʻoch quti joylashtirilgan xonani ochdilar. Quti iyerogliflar hamda turli suratlar bilan bezatilgandi. Tutanxamonga tegishli boʻlgan tosh sarkofag bevosita mana shu qutining ichida boʻlgan. Sarkofagdan esa bir-birining ichiga solingan uchta tobut chiqadi. Uchinchi, nisbatan kichik tobut sof oltindan ishlangan boʻlib, umumiy ogʻirligi 100 kilogrammni tashkil qilgan. Aynan mana shu tobutning ichida Tutanxamonning moʻmiyolangan jasadi yotardi. Suratlarda Tutanxamon tobuti sifatida aks ettiriladigan hashamatli sarkofag – ana shu uchinchi tobut boʻlib, u keyinchalik nafaqat Tutanxamonning, balki qadimgi Misrning barcha firʼavnlari tashrif qogʻoziga aylangan. Ushbu oltin tobut ayni vaqtda Qohiradagi Misr muzeyida saqlanadi, tosh sarkofag esa 2007-yilda Firʼavnlar vodiysidagi maqbaraga qaytarilgan.

Tutanxamon nimadan vafot etgandi?

Bu boradagi taxminlar haddan tashqari koʻp. Misrni tadqiq qilish jamiyati direktori doktor Kris Naunton kriminalistlar bilan birgalikda firʼavn arava gʻildiragi ostida qolib ketib, halok boʻlgan degan fikrni bergan. Ular firʼavn jasadining kompyuter modelini koʻzdan kechirishgan, uning bir nechta qovurgʻasi, oyogʻi singani, ayrim qovurgʻalari va tos suyaklarining baʼzi yirik qismlari yoʻq ekani, bosh suyagiga ham jarohat yetganini aniqlashgan. Nauntonning fikriga koʻra, firʼavn aravadan yiqilib tushgan va ortidan kelayotgan aravaning gʻildiragi ostida qolib ketgan.

1960-yillarda jasadni rentgen qilib koʻrishgan va Tutanxamonning ensa sohasida jarohat borligi aniqlangan. Goʻyoki uning ensa sohasiga birov oʻtkir buyuk bilan urgandek edi.

2005-yilda oʻtkazilgan tomografiya tekshiruvlarida uning bosh suyagidagi jarohatlar oʻlimdan keyin yuzaga kelgani aniqlangan. Chap oyoq suyagi esa Tutanxamon hali tirik boʻlgan vaqtda jarohatlangan. Bu ham yangi taxminni keltirib chiqargan. Unga koʻra, Tutanxamon oyogʻini sindirib olgan, qon orqali kasallik yuqtirgan va hayotdan koʻz yumgan.

DNK tahlillari esa uning ogʻir bezgak kasalligiga chalinganini koʻrsatgan. Firʼavn mana shundan ham vafot etgan boʻlishi mumkin.

Tutanxamonning ota-onasi qondosh aka-singil boʻlishgan, shu sababli hukmdor bir nechta irsiy kasalliklardan aziyat chekkan. Firʼavnga tegishli boʻlgan poyabzalga oʻxshash oyoq kiyim boshqa maqbaralarda uchramagan. Taxminlarga koʻra, yosh firʼavn irsiy kasalliklar tufayli yaxshi yura olmagan, poyabzallar esa uning oyoqlariga moslab tikilgan.

Maqbara laʼnatlanganmidi?

Tutanxamon maqbarasi laʼnati haqida bir nechta afsonalar mavjud. Uni tadqiq qilishda ishtirok etgan olimlarning ayrimlari oʻlimini aynan mana shunga bogʻlashadi. Qazishma ishlariga homiylik qilgan lord Karnarvon maqbara ochilganidan keyin oradan 5 oy oʻtib Qohiradagi mehmonxonalarning birida oʻpka yalligʻlanishidan vafot etgan. Uning ortidan jasadning rentgen tahlillari bilan shugʻullangan tadqiqotchi Archibald Reyd, maqbaradagi jasad joylashgan xonani ochgan A.K. Meys, Karterning yosh kotibi lord Vestburn ham birin-keyin vafot etadi. Bu holat tadqiqotchilarni shunchalar dahshatga solib qoʻyganki, ularning ayrimlari laʼnat ulargacha yetib kelishini kutib oʻtirmay, oʻz jonlariga qasd qilishgan.

Jurnalistlar Tutanxamon maqbarasining laʼnati tufayli 22 kishi halok boʻlgani, ularning 13 nafari maqbarani ochishda bevosita ishtirok etganini aytishadi.

Maqbaradagi embrionlar

Tutanxamon maqbarasidan ikkita odam embrioni ham topilgan. 2008-yilda embrionlar olimlar tomonidan tadqiq etiladi. Olimlar qiz bola embrionlar firʼavnning farzandlari boʻlganini aytishgan. Ularning biri homiladorlikning beshinchi, ikkinchisi sakkizinchi oyida nobud boʻlgan. Olimlar DNK tahlillarini oʻtkazgach, ular Tutanxamon farzandlari ekani, bolalar katta ehtimol bilan egizaklar boʻlgani haqidagi xulosaga kelganlar.

 

 

 

 


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabida öqituvçi 8-sinf öquvçi qizini sinfdoşlari oldida kaltakla…
10:58 / 30.10.2026
Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda har yili kamida 30 ming nafar mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda. Bunin…
12:21 / 02.11.2026
Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 2026-yil davomida Özbekistonga 45 ming nafar mutaxassis böyiça buyurtma kelib tuşgan. Biroq hozirgaça atigi 2 m…
12:07 / 02.11.2026
Özbekistonda Germaniyaga işga yuboriş uçun 10 ming kişi kasb va nemis tiliga öqitiladi

Özbekistonda Germaniyaga işga yuboriş uçun 10 ming kişi kasb va nemis tiliga öqitiladi

Özbekistonda kelasi yili 10 ming nafar fuqaroni kasb va nemis tiliga öqitib, Germaniyada işga joylaştiriş rejalaştirilmoqda.…
12:14 / 02.11.2026
Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkent şahridagi köp qavatli uylarning içki hovlilaridan avtoturargohlar va avtomobil yölaklarini taşqariga çiqariş rejalaş…
11:28 / 02.11.2026
31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:44 / 30.10.2026
Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda. Unda jahon mehnat bozoridagi öz…
11:32 / 02.11.2026
Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni hi…
09:27 / 31.10.2026
Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Özbekistonda fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimini eng işonçli xususiy bandlik agentliklariga töliq ötkaziş rejalaşt…
15:03 / 02.11.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!