$
12004.41 UZS
-20.92
153.59 UZS
-1.66
14129.19 UZS
-33.04
31° Kechasi 18°

“Makiyaj”siz tanib bo‘lmaydigan san’atkorlar

10:41 / 12.02.2024

Hozirda zamonaviy bezovchi kosmetik vositalar orqali ayollar yuz tuzilishlarini o‘zgacha qiyofaga keltira oladilar. Bu ishni malakali stilistlar amalga oshirishmoqda.

Shou-biznes olami vakillari esa omma oldida hamisha go‘zal, benuqson bo‘lib ko‘rinishga harakat qilishadi. Ammo shunday yulduzlar borki, ular o‘zlarining asl husnini ijtimoiy tarmoqlarga joylashdan qo‘rqmaydi.

Omma oldiga pardozsiz ko‘rinish bergan mashhur yulduzlarning “makiyajsiz” ko‘rinishini “Telehealthdave” nashri taqdim etdi.


1. Beyonse


90-yillarda mashhur “Destiny’s Child” triosi a’zosi bo‘lgan Beyonse guruh tarqalib ketganidan so‘ng ham ijoddan to‘xtamadi. U yakkaxon tarzda faoliyat yurita boshladi. Bundan tashqari, xonanda “Pushti pantera”, “O‘ylangan”, “Orzular qizi” kabi filmlarda ham suratga tushdi.

Beyonse reper Shon Karter Jey Zi bilan turmush qurgan va hozirda ularning uch nafar farzandi bor.

2. Shakira


Muxlislarining fikricha, Shakira pardoz-andozsiz ham go‘zal ko‘rinadi. Shakira “Grammy”, “Lotin Music Awards” va MTV, “Billboard” va boshqa ko‘plab mukofotlar sohibasi. U butun dunyo bo‘ylab 75 milliondan ortiq albomidan yaxshigina daromad ko‘rgan va bu rekord sifatida qayd etilgan.

3. Ledi Gaga


Ledi Gaga shou-biznesdagi g‘ayrioddiy inson va urishqoq qo‘shiqchi sifatida tez-tez e’tibor markaziga tushadi. U sahna yuzini ko‘rgandan beri butun dunyo bo‘ylab musiqa ixlosmandlarining muhabbatiga sazovor bo‘ldi. Uning muvaffaqiyatli albomlari orasidan “Thye Fame”, “Joanne”, “Chromatica va Born This Way” kabilar o‘rin olgan. Ledi Gaganing butun dunyo bo‘ylab 124 milliondan ortiq albomlari sotiladi. Uning hozirgi boyligi taxminan 275 million dollarga baholanmoqda.

Qo‘shiqchining ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan makiyajsiz selfisi, ko‘pchilikni hayratga soldi. Chunki uning pardozsiz ko‘rinishida tanish qiyinov.

4. Jennifer Lopez


Lopez o‘z karerasini “Living Color” shousida aktyorlikdan boshlagan. Yulduzning bir qator mashhur filmlari bo‘lib, “Anaconda” va “Hustlers” shular jumlasidandir. Jennifer taxminan 400 million dollarlik boylikka ega bo‘lgan mohir ishbilarmon ayol hisoblanadi.

Lopez doimo kamera qarshisida go‘zal ko‘rinishga harakat qilgan va shunday ham bo‘lgan. Shu bilan birga u omma oldiga pardozsiz chiqishdan ham qochmagan.

5. Selin Dion


“Titanik” filmiga olingan saundtreki bilan mashhur bo‘lgan Selin Dion muxlislari qarshisiga hamisha pardoz bilan chiqishni odat qilgan. Asrning eng buyuk qo‘shiqchilaridan biri bo‘lsa-da, u yanada go‘zal ko‘rinishi uchun yuzni parvarish qilish vositalaridan foydalanadi.

6. Anjelina Joli


Anjelina Joli kino sanoatida nafaqat o‘zining iste’dodi, balki go‘zal ko‘rinishi bilan ham qalblarni zabt etgan. O‘z iste’dodi tufayli u bir nechta mukofot va nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi, jumladan, “Oltin globus”, “Oskar” mukofotining sovrindori bo‘ldi.

7. Janet Jekson


52 yoshli qo‘shiqchi Janet Jekson pop qiroli Maykl Jeksonning singlisi sifatida shuhrat qozondi. Uning mashhur albomlar ansambli “All For You”, “Rythm Nation 1814”, “The Velvet Rope” va “Janet” va boshqalardan iborat. U o‘z karerasi davomida umrining oxirigacha yetadigan mol-mulk jamg‘ardi. Janet begonalarning oldida pardoz-andozsiz ko‘rinish berishni xushlamaydi. Uni ko‘z qalamlari va lab bo‘yog‘isiz ko‘rganda tanish qiyin. Biroq Janet 52 yosh bo‘lishiga qaramasdan hali ham uni navqiron ko‘rinishda bo‘lib, maftunkorlik uni tark etmagan. 2017 yilda Janet Jekson farzandli bo‘ldi, ammo eri Vissam al-Mana bilan turmushi uzoqqa cho‘zilmadi.

8. Kayli Jenner


Internetda Kayli Jennerning hech qanday pardozsiz selfisi tarqaldi. Muxlislari bu suratga ijobiy izohlar qoldirishgan. Ularning fikricha, Kayli “makiyajsiz” ham benuqson husn egasi. Jennerning aytishicha, bunday ko‘rinishga erishish uchun muntazam ravishda teri parvarishi zarur. Hozirgi kunda u o‘zining “Kayli” deb nomlangan kosmetik biznesi bilan shug‘ullanmoqda va shuning ortidan “Forbes”da dunyodagi eng yosh milliarder sifatida ro‘yxatga olingan.


9. Kim Kardashyan


Kim Kardashyan hamisha ommaga ideal pardoz bilan ko‘rinish bergan. Shunday bo‘lsa-da uning pardozsiz olingan rasmlari ham yo‘q emas. Kuzatuvchilar va ekspertlarning fikricha, yulduz yuzidagi nuqsonlarini yo‘qotish uchun bir necha bor plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Realiti-shou yulduzi esa hech qachon buni tan olmaydi.

10. Kardi Bi


Shou-biznesda o‘zining noan’anaviy yo‘nalishiga ega Kardining biz hozirgacha ko‘rgan barcha suratlari va videolari pardoz-andozlar mahsuli edi. Yaqinda u Instagram’dagi sahifasida o‘zining “makiyaj”siz videosini joylashtirdi. Bo‘yoqlarsiz u butunlay boshqacha qiyofada ko‘rinadi. Kardining aytishicha, u sun’iy kosmetika mahsulotlaridan foydalanmaslikni afzal ko‘radi.


Qiziqarli


														
														Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savol berishlari mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
09:45 / 24.09.2025

														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

Bu ham qiziq

Alisher Qodirov o‘zbekistonliklarni zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi

Alisher Qodirov o‘zbekistonliklarni zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi

Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.
09:14 / 03.01.2026
O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholining o‘rtacha umr davomiyligi 78 yoshga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholining o‘rtacha umr davomiyligi 78 yoshga yetkazish rejalashtirilmoqda

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida aholining o‘rtacha umr davomiyligini 78 yoshga yetkazish maqsadi ilgari surilmoqda.
09:35 / 03.01.2026
AQShning keyingi ehtimoliy nishonlari Eron, Kuba va Grenlandiya bo‘lishi mumkin – manba

AQShning keyingi ehtimoliy nishonlari Eron, Kuba va Grenlandiya bo‘lishi mumkin – manba

The Guardian gazetasining yozishicha, Venesueladagi voqealar AQSh siyosatining “Putinlashuvi”ga olib kelmoqda. Tramp endi xa…
14:54 / 04.01.2026
Yana bir 11-sinf o‘quvchisi dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biriga to‘liq grant yutdi

Yana bir 11-sinf o‘quvchisi dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biriga to‘liq grant yutdi

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Otabek Komilov Doniyor o‘g‘li dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim mua…
16:23 / 02.01.2026
Eronda bir haftadan buyon norozilik namoyishlari davom etmoqda

Eronda bir haftadan buyon norozilik namoyishlari davom etmoqda

Bu haqda “Iran International” xabar berdi.
11:41 / 04.01.2026
Eron ichki muammolarni hal etishda tashqi aralashuvga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi

Eron ichki muammolarni hal etishda tashqi aralashuvga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi

Eron oliy rahbarining maslahatchisi Ali Shamxoniy mamlakat ichki ishlariga har qanday bahona ostida aralashishga uringan sha…
19:06 / 02.01.2026
2025-yilda dunyo bo‘ylab 130 ga yaqin jurnalist halok bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘ylab 130 ga yaqin jurnalist halok bo‘ldi

Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi (IFJ) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yilda dunyoda 128 nafar jurnalist, jumladan, 10 nafar…
09:37 / 04.01.2026
“Men xizmatchiman. Men, birinchi navbatda, otamga xizmat qilaman”. Saida Mirziyoyeva katta intervyu berdi

“Men xizmatchiman. Men, birinchi navbatda, otamga xizmat qilaman”. Saida Mirziyoyeva katta intervyu berdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jurnalist va bloger Kirill Atlmanga katta intervyu berdi.
10:34 / 02.01.2026
Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyadagi IShID obyektlariga zarbalar berdi

Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyadagi IShID obyektlariga zarbalar berdi

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, IShID hozir ham Suriya va Iroqda 5 mingdan 7 minggacha jangariga ega.
10:56 / 04.01.2026
Shveysariyadagi kurortda portlash yuz berdi. TIV hamdardlik yo‘lladi

Shveysariyadagi kurortda portlash yuz berdi. TIV hamdardlik yo‘lladi

1-yanvarga o‘tar kechasi Shveysariyaning Vale kantonidagi Kran-Montana tog‘-chang‘i kurortida joylashgan barda yuz bergan po…
10:18 / 02.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!