Namangan viloyati Pop tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan yer maydonini fuqarolarga xususiy mulk sifatida noqonuniy rasmiylashtirib berish holati yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Pop tumani hokim yordamchisi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaroga 49 yil muddatga dehqon xo‘jaligi bilan shug‘ullanish uchun ajratib berilgan 30 sotix yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib, uning 6 sotix qismida qurilgan uy-joy uchun tegishli kadastr hujjatlarini tayyorlatib berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qiladi.
DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi oldindan 1000 AQSh dollarini o‘zining 1990-yilda tug‘ilgan tanishi orqali olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28-, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining Pop tuman filiali ishchisi davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydoni va unda qurilgan uy-joyni o‘zining mansabdor tanishlari orqali shaxsiy mulk sifatida fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 900 AQSh dollari va 4,8 mln so‘m olgan vaqtida DXX, IIV va IJQKD xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda kadastr ishchisiga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!