$
11899.09 UZS
1.19
₽
141.53 UZS
1.35
€
13298.42 UZS
-37.94
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston TIV rahbari Erdo‘g‘an bilan uchrashdi

09:15 / 08.03.2026

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 7-mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan hamda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Saidov Turkiya prezidenti tomonidan qabul qilinganini bildirib, uchrashuv davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida shakllangan birodarlik munosabatlari O‘zbekiston va Turkiya hamkorligini turli yo‘nalishlarda rivojlantirish uchun asos yaratmoqda.

Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishi doirasida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashuv o‘tkazilgan. Tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyat va uning mintaqaviy oqibatlari yuzasidan fikr almashgan.

Suhbat chog‘ida mintaqadagi keskinlikni kamaytirish va barqarorlikni ta’minlash uchun ziddiyatlarni muloqot hamda diplomatik yo‘l bilan hal etish zarurligi ta’kidlangan. Bundan tashqari, joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari hamraisligida o‘tkazilgan Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga tayyorlik bildirilgan.

Baxtiyor Saidov Istanbulda Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ham ishtirok etganini qayd etdi. Vazir ushbu uchrashuvni tashkil etgani uchun Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanga minnatdorlik bildirgan.

Yig‘ilish davomida mintaqaviy va global xavfsizlikka ortib borayotgan tahdidlar, shuningdek, turkiy davlatlar o‘rtasida birdamlik va muvofiqlashtirishni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. O‘zbekiston Tashkilot doirasida amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, barqarorlik va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash hamda izchil rivojlanishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

 


Bu ham qiziq

Popda ozodlikdan mahrum etilgan shaxs apellyatsiya sudi qarori bilan ozod qilindi

Popda ozodlikdan mahrum etilgan shaxs apellyatsiya sudi qarori bilan ozod qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2026-yil 13-oktabr kuni e’lon qilingan ajrimi b…
09:14 / 13.10.2026
Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk bor 2027-yil 4–5-fevral kunlari “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro kontent bozori o‘tkaziladi. Tadbir…
09:22 / 10.10.2026
“O‘zgidromet” tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

“O‘zgidromet” tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

Joriy yilning 13-14-oktyabr kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida…
12:03 / 12.10.2026
Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Turkiyada sog‘lig‘i yomonlashib, Istanbul aeroportida hushini yo‘qotgan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi davolanib, Vatanga qa…
10:14 / 12.10.2026
13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026
Namanganda 250 mln so‘mdan ortiq pulni kredit va’dasi bilan olgan gumonlanuvchi ushlandi

Namanganda 250 mln so‘mdan ortiq pulni kredit va’dasi bilan olgan gumonlanuvchi ushlandi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida Telegram orqali fuqarolarga kam foizli kredit va’da qilib, ulardan 250 million so‘md…
09:20 / 13.10.2026
Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026
Markaziy Osiyoda pensiyalar: O‘zbekistonda o‘rtacha to‘lov 143 dollarni tashkil etadi

Markaziy Osiyoda pensiyalar: O‘zbekistonda o‘rtacha to‘lov 143 dollarni tashkil etadi

Markaziy Osiyoning beshta davlatida pensionerlarga to‘lanadigan mablag‘ miqdori sezilarli darajada farq qiladi. 2026-yilga o…
12:40 / 13.10.2026
“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar…
14:45 / 09.10.2026
Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoyning Xenan provinsiyasida restoranlar tarmog‘i rahbari Ma Yanli yuqori natijalarga erishgan xodimlariga BMW rusumli avt…
15:49 / 10.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!