NATO so‘nggi kunlarda Rossiyaning 30 ming nafar harbiy xizmatchilari Belorussiyada tayyorgarlik ko‘rayotgani va ular ushbu hududga joylashtirilishini aytdi, deya xabar bermoqda “Reuters” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, rus-belarus qo‘shinlari joriy yil 20-fevralgacha urushga tayyorgarlik mashqlarini o‘tkazadi. Xususan, Ukraina mudofaa vazirining aytishicha, ayni damda Rossiyaning 115 ming harbiy askarlari Ukraina chegaralarida to‘plangan. Biroq, Rossiya Ukrainani bosib olish haqidagi barcha rejalarini halihanuz rad etmoqda.
“Shu kunlarda biz Rossiya qurolli kuchlarining Belorussiyada maxsus harakatlar boshlaganini ko‘rmoqdamiz. Sovuq urush bo‘lishi kutilmoqda, jumladan, ruslarning maxsus kuchlari, qiruvchi samolyotlari, qator mudofaa tizimlari va yadroviy qurollari mamlakatda tayyor turishibdi”, deydi NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg.
Keltirilishicha, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 3-fevral kuni Belorussiyaga qo‘shinlarni tekshirish uchun borgan. Uning Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan uchrashishi kutilmoqda, deya xabar beradi Interfaks.
Aytish joizki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1-fevral kuni Qo‘shma Shtatlarni urushga jalb qilayotganlikda aybladi va hech qanday hujum uyushtirmayotganini aytdi.
Inqiroz sharoitida Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachilik qilayotgan Turkiya prezidenti Erdog‘an bugun, ya’ni, 3-fevral kuni Ukrainaga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!