$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Oddiy oʻyinchoq emas: boʻsh vaqtda LEGO oʻynash uchun 10 sabab

11:47 / 26.09.2022

LEGO konstruktorlaridan turli predmetlar yasash bolajonlarning sevimli mashg‘uloti sanaladi. Biroq bu zavqdan ba’zida ota-onalar ham o‘zlarini bebahra qilmaydilar. Va juda to‘g‘ri qiladi. Chunki olimlar mazkur o‘yinchoqning kattalar ongiga ham beqiyos ta’sirini tadqiq qildilar. Kattalar LEGO o‘ynayotganida ular bilan quyidagi ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

1. Konsentratsiyani yaxshilaydi
Yaqin yillarda bir nechta vazifalarni birgalikda bajarish yuksak qobiliyat sifatida baholangan. Biroq hozirda olimlar bu strategiyaning samarasiz ekanligini isbotlashdi. Ko‘p sonli vazifalar orasida ko‘chib yurish samaradorlikni 40 foizga kamaytiradi va tushkunlik keltirib chiqaradi. Undan ko‘ra, diqqatni bir mashg‘ulotga qaratgan ma’qul. Aksariyat insonlar uchun bir narsaga diqqatni jamlash juda qiyin tuyuladi. Ana shunday kishilarga LEGO o‘yinchog‘i bu ko‘nikmani qaytaradi. Hech bo‘lmasa, oxirida nima chiqishiga qiziqib ham boshqa narsaga chalg‘iy olmaysiz. Shu tariqa keyinchalik ish hisobotlarini yozishda ham qiynalmaysiz.

2. Miyani mashq qildiradi
Garchi, miya mushak bo‘lmasa ham uni muntazam mashq qildirib turish lozim. Tadqiqotlar turli shakldagi boshqotirmalar miyada fikrlash qobiliyatini rivojlantirishini tasdiqladi. Chunki naborni o‘ynash davomida siz bir qator muammolarni hal qilasiz. Dastlab qismlar yo‘qolib qolmasligi uchun o‘ynash maqsadida keng joy ochvolasiz, keyin rangi va qabartmalarini bir-biriga to‘g‘rilab, miyangizga tiklagan shaklda LEGO bo‘lakchalarini terib chiqasiz. Miya uchun siz davlat ahamiyatiga molik yumushni bajaryapsizmi yoki konstruktor o‘ynayapsizmi, farqi yo‘q. Rivojlanishi uchun miyaga yangi taassurotlar kerak. Buni esa unga LEGO o‘yinchog‘i beradi.

3. Bolalikdagi istagingizni yuzaga chiqaradi
Agar bolaligingizda sizga velosiped olib berishmagan bo‘lishsa, hozir BMW markali mashinangiz bo‘lsa ham, qalbingizda armon qolib ketgan bo‘ladi. Bundan o‘ttiz, qirq yillar avval hamma ham bolasiga LEGO olib bera olmagan. Yoshingiz ulg‘ayib, uni o‘ynaganingizda qalbingizdagi bo‘shliq to‘ladi. Bu – o‘ziga xos psixoterapevtik effekt hisoblanadi.

4. O‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni oshiradi
Har bir insonda harakatlaridan hech bir ish chiqmaydigan omadsiz kunlar bo‘ladi. Biroq kichik muvaffaqiyat yordamida o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. LEGO qismlarini yig‘ish bu borada ajoyib variant. Siz vaqtni samarali o‘tkazib, kafolatlangan samaraga ega bo‘lasiz. Bunga sabab, LEGO kompaniyasi o‘z to‘plamlarini yaratish ustida jiddiy ish olib borgan. Qismlarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan qoliplar 0,002 mm.dan oshmaydigan xatolikda bo‘ladi. Shuning uchun kubiklar bir-biriga mahkam yopishadi va orasida bo‘shliq qolmaydi.

5. Tushkunlikdan qutqaradi
Diqqatni jamlashni talab etadigan bu mashg‘ulot xavotir hissini ham miyadan chiqarib tashlaydi. Siz konstruktor yig‘ishga kirishganingizda mantiqiy fikrlab, diqqatingizni bir nuqtaga yo‘naltirasiz va hozirgi lahza bilan yashay boshlaysiz. So‘rovnomalarda LEGO o‘ynaydigan 91 foiz kattalar o‘zlarini ancha yaxshi his qilishgan.

6. Ilhom beradi
Ijodkorlik 99 foiz mehnatdan iborat, deyishadi. Biroq ilhom ijodkor insonning uchar qanoti bo‘lib kelgan, doimo. LEGO konstruktori asab tizimini faollashtirib, xayolotga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Va bu, o‘z navbatida, masofaviy fikrlashni rivojlantirib, o‘ziga xos yechimlar topishga undaydi.

7. Kolleksiya qilish imkoniyatini tuhfa etadi
LEGO yig‘ish siz uchun qiziqarli va foydali mashg‘ulotga aylanishi mumkin. Buning uchun sizni qiziqtirgan biror mavzuni tanlang. Masalan, agar siz Yulduzlar jangini yaxshi ko‘rsangiz, ayni shu mavzudagi konstruktorlarni yig‘ishingiz mumkin. Birinchi marta LEGO 1999-yilda koinot to‘plamini chiqardi va o‘shandan beri o‘z muxlislarini yangidan-yangi to‘plamlar bilan quvontirib kelmoqda. Bunday to‘plamlar nafaqat yoqimli va foydali vaqt o‘tkazish, balki haqiqiy muxlisning javonini bezash imkoniyatini taqdim etadi. Eng katta shaxsiy to‘plam avstraliyalik Frank Smoyesga tegishli. 2017-yilda u hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. O‘sha paytda u 3837 to‘plam, kamida 1,2 million qism va 8 mingdan ortiq mini-figuralarga ega edi.

8. Matematik bilimlaringizni oshiradi
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, konstruktordan turli xil obyektlarni qurishga ko‘p vaqt sarflaydigan odamlar matematik muammolarni yaxshiroq hal qilishadi. Bu, fazoviy qobiliyat va matematik qobiliyat o‘rtasidagi yaqin aloqalar borligini bildiradi.

9. Qo‘l uchi motorikasini rivojlantiradi
LEGO konstruktori nozik vositalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bir vaqtning o‘zida juda ko‘p kichik detallar bilan ishlash muhim tizimlarni qo‘zg‘atish xususiyatiga ega. Vizual, mushak, suyak va asab, barmoq uchlarida ko‘plab nerv tugunlari mavjud. Siz dam olayotib, LEGO konstruktorini qurishga o‘tirganingizda miyangiz faol ishlamoqda va yangi tajribalar to‘plamoqda. Bu vosita rejalashtirish mexanizmini takomillashtirishga yordam beradi. Ayniqsa, to‘plamda 864 ta qism mavjud bo‘lsa va siz ulardan Xalqaro kosmik stansiyasining miniatyura modelini yig‘ishingiz kerak bo‘lsa... Tajribali LEGO yig‘uvchilar uchun yana-da jiddiy vazifalar mavjud: “Manchester Yunayted” futbol klubining 3,898 qismdan iborat Old Trafford stadioni maketini yig‘ish.

10. Jamoa bo‘lib ishlash qobiliyatini rivojlantiradi
Ko‘plab stipendiya dasturlari va biznes maktablari o‘quv-mashg‘ulotlarini bir guruh talabalar bilan birgalikda LEGO qismlari, plastik stakanlar yoki boshqa materiallardan qurmoqda. Tashqi tomondan, bir guruh kattalar shunchaki bema’ni ishlar qilayotganga o‘xshaydi. Biroq bunday musobaqalar orqali jamoada kim yetakchi rol o‘ynashi va jamoa a’zolarining bir-birlarini tushunish darajasini bilib olish qiyin emas.


Foydali


														
														Yodlangan osh tuzi iste’mol qilish qanchalik zarur?

Yodlangan osh tuzi iste’mol qilish qanchalik zarur?

Nega bu masalaga global miqyosida qaraladi?
20:07 / 06.07.2025

														
														Telefonlarning hayotimizga va ruhiyatimizga ta’siri

Telefonlarning hayotimizga va ruhiyatimizga ta’siri

Mobil telefonlar allaqachon hayotimizning ajralmas qismiga aylanishga ulgurgan. Kun davomida bu qurilma qo‘limizda turadi.
15:23 / 23.01.2025

														
														Zumerlar aslida kim?

Zumerlar aslida kim?

Bugungi axborot davrida ko‘plab yangidan yangi atamalar paydo bo‘lmoqda yoki eski atamalar ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanis…
10:31 / 23.11.2024

														
														Temuriy malika Gulbadanbegim kim edi?

Temuriy malika Gulbadanbegim kim edi?

Temuriylar sulolasi deganda judayam katta tarix ko‘z oldimizga keladi. Temuriylar sulolasi tarixda ikkita muhim imperiya – E…
16:54 / 13.11.2024

														
														Odamlar is gazidan nega zaharlanadi?

Odamlar is gazidan nega zaharlanadi?

FVV mas’uli qanday qilib is gazidan zaharlanish yuzaga kelishi hamda u nega inson o‘limiga olib kelishini tushuntirdi.
11:02 / 09.11.2024

														
														Tabiiy mahsulotlar yordamida ona sutini ko‘paytirish mumkin

Tabiiy mahsulotlar yordamida ona sutini ko‘paytirish mumkin

Yangi oq uzum. Bir kunda ikki hissa yangi oq uzum iste’mol qilish ona sutini ko‘paytiradi.
15:18 / 02.11.2024

														
														Baliq yeyishning foydalarini bilib oling

Baliq yeyishning foydalarini bilib oling

Haftasiga 2 bo‘lak baliq go‘shti iste’mol qilganlarda o‘lim xavfi 3 martadan 1 martagacha kamayishi mumkin. Yurak kasallikla…
15:15 / 02.11.2024

														
														Ovqatni yaxshilab chaynab yeyishning foydalarini bilib oling

Ovqatni yaxshilab chaynab yeyishning foydalarini bilib oling

Taomni yaxshi chaynagan, kam chaynaganga nisbatan kam yeb-ichadi. Chunki taom quvvatini kamchiliksiz qabul qilgan bo‘ladi.
11:33 / 31.10.2024

														
														Barmoqlaringizni massaj qilib turing, chunki…

Barmoqlaringizni massaj qilib turing, chunki…

Bosh barmoq massaj qilinganda, miya faoliyati kuchayadi va bosh og‘rig‘i yengillashadi;Ko‘rsatkich barmoq massaj qilinganda …
11:10 / 28.10.2024

														
														Kundalik hayotingizda qancha miqdorda go‘sht yeyishingiz kerakligini bilib oling

Kundalik hayotingizda qancha miqdorda go‘sht yeyishingiz kerakligini bilib oling

Go‘sht iste’mol qilishning normasi turli omillarga, jumladan yosh, jismoniy faollik darajasi va umumiy sog‘lig‘ingizga bog‘l…
10:56 / 28.10.2024

Bu ham qiziq

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan
18:10 / 12.07.2025
Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkent shahridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida AI (sun’iy intellekt) texnologiyasiga asoslangan kuzatuv kameralari ishga …
09:50 / 12.07.2025
Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Amerikaning The New York Times nashri yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Moskvag…
12:22 / 12.07.2025
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Afg‘oniston va Pokiston transport idoralari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
22:43 / 11.07.2025
Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Milliy matbuotda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Parij Bosh prokurori Laure Beccuau yozma bayonotida, Parij prokuraturasi X p…
10:57 / 12.07.2025
Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
09:27 / 13.07.2025
Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati IIB haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
17:31 / 13.07.2025
Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Mazkur vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va…
15:55 / 12.07.2025
O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilishi ma’lum qilindi.
15:06 / 13.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!