$
11973.48 UZS
38.11
₽
146.59 UZS
1.01
€
13436.64 UZS
4.57
31° Kechasi 18°

Oliy Majlis Senatining Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha komissiyasi tashkil etildi

19:48 / 03.02.2022

2022-yil 4-fevral kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi doirasida Oliy Majlis Senatining Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.

Majlisda senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 16-18-dekabr kunlari Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda yangi bosqich bo‘lganini hamda hamkorlikni strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqqanini ta’kidladi.

Davlat rahbarining tashrifi yakunlariga ko‘ra tub burilish yasaydigan keng ko‘lamli kelishuvlarga erishilganiga urg‘u berildi.

Jumladan, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, farmasevtika, geologiya, IT-texnologiya, “yashil” energetika kabi sohalarda qiymati 5 mlrd. dollardan ortiq bo‘lgan investisiya va moliyaviy bitimlarning katta paketi imzolandi.
Tashrif chog‘ida xalq diplomatiyasining muhim elementi sifatida parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 28-dekabrdagi 67-son qarori qabul qilindi, unda amaliy harakatlarning uchta rejasi (“yo‘l xaritalari”) nazarda tutildi.

Muhokamalar doirasida senatorlar oliy darajadagi tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini o‘rnatish, vazirlik va idoralarning bu boradagi sa’y-harakatlarini birlashtirish va yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish muhimligini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha Senat komissiyasini tuzish tashabbusi taklif etildi.

Xususan, qonun ijodkorligi va nazorat faoliyati sohasida tajriba almashish, Janubiy Koreya moliya institutlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar samaradorligini o‘rganish, Janubiy Koreya bilan amalga oshirish rejalashtirilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha vazirlik va idoralarning takliflarini ko‘rib chiqish, shuningdek, mintaqalararo aloqalarni o‘rnatish va kengaytirish, ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish dinamikasini tahlil qilish mazkur tuzilmaning asosiy vazifalari bo‘lishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Senatorlar, shuningdek, ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun maydon yaratilishi mamlakatlar o‘rtasidagi kelishuvlar asosida qo‘yilgan vazifalar ijrosi yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hisobotlari va axborotini eshitish imkonini berishini ham qayd etishdi.

Muhokama yakunlari bo‘yicha Senat qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra senatorlar va tegishli vazirlik hamda idoralar, kompaniyalar va fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari kiritilgan Komissiyaning Nizomi hamda shaxsiy tarkibi tasdiqlandi.


Bu ham qiziq

Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropaning qator davlatlarida aholi daromadining katta qismini uy-joy xarajatlariga sarflamoqda. 2025-yil yakunlariga köra,…
09:47 / 04.11.2026
Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasin…
11:40 / 04.11.2026
Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026
Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda reklama va aksiyalar doirasida oziq-ovqat, buyum hamda boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki juda arzon narxd…
14:33 / 05.11.2026
Samarqandda 4 kişini Umraga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi

Samarqandda 4 kişini Umraga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi

Samarqandda tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi xodimi tört kişini Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, 5 …
15:25 / 04.11.2026
Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT Plus birinçi ekspertlar muloqoti öz işini boşladi.
12:36 / 06.11.2026
Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan z…
14:28 / 05.11.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin

Tailand turizm qömitasi Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiş taklifini ma’qulladi. Taşabbus, şuning…
11:38 / 04.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!