Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan zararni baholaş hamda qoplaş tartibi belgilandi. Hukumatning 3-noyabrdagi qaroriga muvofiq, halok bölganlarning oila a’zolariga 220 million sömgaça bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Qarorda transport avariyalari va halokatlari, kimyoviy xavfli hamda yonğin-portlaş xavfi mavjud obyektlardagi avariyalar, energetika va kommunal tizimlardagi nosozliklar, bino konstruksiyalarining tösatdan buzilişi, radiaktiv va boşqa xavfli moddalar bilan boğliq avariyalar, şuningdek, gidrotexnik halokatlar texnogen favqulodda vaziyatlar sifatida belgilangan.
Bunday hodisalardan jabrlangan aholiga bir martalik moddiy yordam quyidagi miqdorlarda beriladi:
Halok bölganlarning oila a’zolariga — har biriga teng uluşda bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 500 baravarigaça (220 mln sömgaça);
Oğir tan jarohati olganlarga — 200 BHMgaça (88 mln sömgaça);
Örtaça oğirlikdagi jarohat olganlarga — 150 BHMgaça (66 mln sömgaça);
Yengil jarohat olganlarga — 100 BHMgaça (44 mln sömgaça).
Qarorga köra, respublikaning barça tuman va şahar hokimliklari huzurida texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplaş jamğarmalari taşkil etiladi. Jabrlanganlar hodisa yuz bergan kundan boşlab 30 kun içida tegişli komissiyaga ariza bilan murojaat qilişi lozim.
Moddiy yordam, odatda, sud tomonidan aybdor deb topilgan yuridik şaxslar yoki ularning mansabdor şaxslari hisobidan tölanadi. Aybdor aniqlanmagunça yoki zararni töliq qoplaş imkoniyati bölmaganda, mablağ jamğarma hisobidan 30 kun içida ajratiladi. Keyinçalik uşbu mablağ aybdor tomondan undiriladi.
Jamğarmalar Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahri, tuman va şahar budjetlari, ularning zaxira mablağlari hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan şakllantiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!