$
11969.66 UZS
-32.05
152.56 UZS
-0.31
13927.90 UZS
-56.49
31° Kechasi 18°

Organizmingizga yordam kerak: mana buning 11 belgisi

08:18 / 30.03.2023

Ish yoki o‘qishdagi muammolar, pul yetishmasligi, sevgan insoningizga bog‘liq tashvishlarning barchasi stress va yomon kayfiyatga sabab bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, qisqa muddatli stress holati tanangizga ziyon yetkazmasligi aniq. Ammo muntazam ravishda tushkunlik kayfiyatida yursangiz, bu umumiy holatingizga ham ta’sir etmasdan qolmaydi va tanangiz ongga yordam so‘rab singallar yuboradi. Xo‘sh, ushbu signallarning nimadan iborat ekanligini qanday tushunsa bo‘ladi?

Salomatlik bilan bog‘liq ushbu jarayonni o‘z vaqtida aniqlash uchun nima qilish kerak? Bizning ushbu maqolamiz orqali aynan shu belgilar haqida bilib olishingiz mumkin.

1. Ishtahangiz o‘zgardi.

Tasodifan haddan tashqari ko‘p miqdordagi taom iste’mol qilishga moyillik sezsangiz yoki aksincha sizda butunlay ishtaha yo‘qolishi holati kuzatilsa, tushuningki, jismoniy va ruhiy salomatlingiz ancha o‘zgargan. Sizda chuqur tushkunlik holati kuzatilmoqda. Klinik ruhshunos, doktor Debori Avtonning aytishicha, insonlar stress vaqtida butunlay ishtahadan qolishi yoki aksincha ko‘proq ovqat iste’mol qilishga tushib ketishi mumkin.

Nima uchun stressdagi insonlarda ishtaha bilan bog‘liq o‘zgarishlar yuzaga kelishini bilasizmi? Sababi stress holatining o‘zi ham ishtahaga bosim tushiradi va buning asosiy sababchisi gormonlardir. Gap shundaki, mazkur gormonlar ovqat hazm qilish tizimi va ochlik markaziga katta ta’sir ko‘rsatadi. Stress qanchalar kuchli bo‘lsa, ularning miqdori ham shunchalik ko‘payib boraveradi. Foydali maslahat: Agar ishtahangiz yo‘qolgan bo‘lsa, o‘zingiz uchun mazali smuzi tayyorlab, uni iste’mol qiling.

2. Kayfiyatingiz juda tez o‘zgaradi.

Biror sabab bilan kayfiyatning sanoqli daqiqalar ichida o‘zgarishi unchalik ham qo‘rqinchli hodisa emas. Ammo kayfiyatingiz o‘z-o‘zidan, biror sababsiz ham o‘zgaraversa buning sababchisi gormonlar va ruhiy salomatlikka doir muammolar bo‘ladi. Bordi-yu shunda ham ushbu holatga jiddiy yondoshmasangiz, kun davomida suvga tushgan mushukdek yurishni davom ettirsangiz, juda katta xato qilasiz. Sababi ushbu muammo o‘z vaqtida hal qilinmasa, tez orada butun hayotingizga ta’sir qiladi. Oqibatda do‘stlar bilan muloqot qilish, ish, o‘qish nari tursin, tong paytida to‘shakdan bosh ko‘tarish ham siz uchun og‘ir mashaqqatga aylanadi.

Ayrim insonlar esa bu kabi holatlarda murakkab ishlarni bajarish, xavfli narsalarni sinab ko‘rishga moyillik sezadilar, ayrim holatlarda o‘zlariga jismoniy zarar yetkazishlari ham mumkin. Kayfiyatingiz haqida jiddiy qayg‘urish kerak, buning uchun professional ruhshunosga murojaat qiling. Ammo qabulning o‘ta qimmat ekanligi, vaqtingiz yo‘qligini aytib bahona qilishga shoshilmang.

Bu borada zamonaviy internet imkoniyatlari sizga yordam berishi mumkin. Ozroq pul evaziga tajribali terapevtdan onlayn tarzda bo‘lsa ham maslahat oling, ular dunyoning istalgan burchagidan turib holatingizni muhokama qilishi va sutkaning 24 soati davomida yordamga shay turishi mumkin.
O‘zingizdan pul qizg‘onmang, ahir emotsional salomatlingiz ma’lum bir summadan anchagina qimmatroq-ku!

3. Hotirangiz sust, hayollaringiz tarqoq bo‘lib qoldi.

Stress jarayoni kundalik hayotda qanday ta’sir ko‘rsatishini bilasizmi? Misol uchun u ma’lum substantsiyalarning ishlab chiqarilishini rag‘batlantirib, ularni miyaga yuboradi, bu esa miya faoliyatida muhim o‘rin tutadigan foydali kimyoviy moddalarning halok bo‘lishiga olib keladi.
Agar stol ustida ko‘rinib turgan ko‘zoynakni topishga qiynalsangiz, uyingizdagi narsalar o‘rnini unuta boshlasangiz, xonangizda tartibsizlik yuzaga kelgan bo‘lsa barchasining aybini stress gormonlariga to‘nkayvering. Buyumlar tartibsizligi o‘z navbatida kuchliroq stressni keltirib chiqaradi. Bu esa ruhiy holatingizning battar yomonlashishiga olib keladi.Ruhshunos va notiq Endryu Shermaning aytishicha, bu boradagi birinchi ishingiz - uyingiz va ofisingizdagi holatni tartibga keltirish bo‘ladi. Shuni unutmangki, atrofingizdagi tartibsizlik ichki tartibsizlikka ham sabab bo‘ladi. Shu sababli hayotingizga tartibni qaytarish va miyangizdagi bekorchi narsalarni nari ketkazish uchun kundalik ishlar ro‘yxatini tuzib oling.
Buning qanchalar yordam berishini esa keyin ko‘rasiz.

4. Og‘izdagi quruqlik

Og‘izning haddan ortiq qurib qolaverishi ham stress paydo bo‘lganining mantiqiy izohlaridan biri. Inson organizmi havotir yoki asabiy holatda bo‘lgan payt odam burundan emas, og‘izdan nafas olishni boshlaydi. Bunda organizmingiz suyuqlikni tananing og‘iz bo‘shlig‘idan ko‘ra, o‘zi ko‘proq kerak deb bilgan qismlarga yuboradi. Buning oqibatida esa og‘iz qurib qoladi. Aynan mana shu sababli ham omma qarshisida chiqish qilayotgan insonlarning yoniga bir stakan suv qo‘yib qo‘yadilar.

5. Quloqlaringizda allaqanday ovoz va shovqin bor

Ushbu holatning ilmiy nomi tinnitus bo‘lib, odatda u stress belgisi sanaladi va e’tiborsizlik bilan munosabat qilinsa, stressning og‘irroq shaklinini keltirib chiqaradi. Ayrim insonlar quloqlaridagi shovqin bilan yillab ham hech narsa bo‘lmagandek chora ko‘rmay yuraveradilar. Yana ayrimlar esa darhol dahshatga tushib qolishadi. Xo‘sh, ushbu holat nima uchun paydo bo‘ladi? Gap shundaki, bizning miyamiz barcha ma’lumotlarni hissiyotlar filtri orqali o‘tkazadi va uning biz uchun qanchalar xavfli ekanligini aniqlab beradi.
Insonlar va vaziyatlar ham aynan shular jumlasidandir. Agar u tinnitusning xavfli ekanligini bilsa, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, uyqusizlik kelib chiqadi. Buning natijasida esa inson tinchlana olmaydi va o‘z diqqatini bir yerga jamlash imkoniyatini ham yo‘qotadi.

6. Qo‘l va oyoqlaringiz muzlab qoladi (yoki terlab ketadi)

Sevgan yoringizning ota-onasi bilan bo‘lgan tanishuv yoki intervyu paytida qo‘llaringiz terlab ketsa yoki muzlab qolsa buning qo‘rqinchli tomoni yo‘q, albatta. Ammo bu holat odatiy kunlarda ham takrorlanaversa, shifokor qabuli tomon shoshiling. Balki sizda muntazam ravishdagi stress holati kuzatilayotgandir. U yurakning tezroq urishiga sabab bo‘ladi, qonni arteriyalarga ko‘proq miqdorda jo‘natadi. Buning oqibatida qo‘l va oyoqlarda joylashgan kichik tomirlar qisqaradi, keng tomirlar esa yanada kattalashadi. Qon aylanishi ishidagi o‘zgarishlar kaft va oyoq kaftining terlashiga olib keladi. Kardiolog Stiven Senatora oyoq va qo‘llarinng nima sababdan muntazam ravishda terlashi mumkinligini tushuntirib berdi. Bu inson uchun xavfli holat sanaladi, sababi u yurak-qontomir tizimini ishdan chiqarishi ham mumkin.

7. Hotirjam bo‘lish va ongni bir muddatga “o‘chirib” qo‘yishni uddalay olmaysiz!

Stress holatini boshdan kechira turib yoki biror insonga jahl qilayotib atrofdagilarning tinchlanib olish haqidagi maslahatlarini ham eshitasiz. Ushbu harakatni shu daqiqaning o‘zidayoq amalga oshira olasizmi? Havotirli hayollaringiz, miyangizdagi tashvishlarni vaqtincha bo‘lsa-da bir chetga surish qo‘lingizdan kelmasligi aniq. Buning sababi esa stressning turli tana a’zolariga birday ta’sir qilishi sanaladi.
U simpatik asab va parasimpatik tizimlarni bosim ostida qoldiradi. Shu sababli ham stress holatida bo‘lsangiz, baribir o‘z vaqtida tinchlana olmaysiz, ahvolingiz borgan sari yomonlashaveradi. Bu stress holatining organizm va ongga ko‘rsatgan ta’siri natijasidir.

8. Mushaklaringiz haddan tashqari kuchli bosim ostida

Tanangizdagi har bir mushakning bosim ostida ekanligini sezsangiz, ular sababsiz og‘risa, spazmlar kuzatilsa barchasini stressdan ko‘ravering. Hosil bo‘lgan mushaklar bosimi tinchlanishingiz, havotir holatlarini kuchaytiradi, hattoki tinch uxlashga ham yo‘l qo‘ymasligi mumkin. Ayrim odamlar esa noqulaylik holatiga sabab bo‘layotgan mazkur bosimni darxol bartaraf etadilar. Buning uchun esa og‘riqni qoldiruvchi vositalar yordamga kelishi mumkin. Ammo bu kabi stress belgilari borib-borib kuchayib ketishini ham hisobga oling.
Og‘riqlar dori ta’sirida bir necha kunga bosilishi mumkin, ammo yana qaytib kelaveradi. Xo‘sh, stress holatining mushaklarda qanday aloqasi bo‘lishi mumkin?
Sababi tana stress holatini yengish uchun mushaklarni ham ishga solmoqchi bo‘ladi va og‘riq aynan shu tufayli kelib chiqadi.

9. Sizda teri va tirnoqlar bilan bog‘liq muammolar mavjud

Tanadagi stress gormoni - kortizol dajarasining ko‘tarilib ketishi terida ham o‘z aksini topmasdan qolmaydi. Buning natijasida teri ter bezlarini faollashtirib yuboradi. Unda husnbuzarlar va boshqa turdagi muammolar paydo bo‘ladi. 2001 yilda “Dermatology” jurnali 27 nafar talaba ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e’on qildi. Unga ko‘ra, stress holatidagi odam terisini oddiygina qog‘oz bilan kesib olsa ham, jahoratning bitishi qiyin bo‘ladi. Doktor Flor Mayoral Mayami universitetining dermatologi va klinik instruktori. U stressning inson tirnoqlariga ham ta’sir qilishini tushuntirib bergan.

Agar inson stress paytida tirnoqlarini tishlaydigan odat chiqarsa, tirnoq plastinkalari ustida oq chiziqlar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari tushkunlik holati tirnoqlarning sinishi va mo‘rt bo‘lib qolishiga olib kelishi ham mumkin.

10. Qorachiqlar atrofidagi kamalakrang halqa

Qorachiqlar atrofidagi kamalakrang halqaning 50 yoshdan oshgan insonlarda kuzatilishi oddiy holat. Ammo u yosh insonlar ko‘zida paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Bu kabi halqalar tanadagi xolesterin miqdorining ko‘pligi va yurak huruji ehtimolidan darak beradi.

11. Og‘iz bo‘shlig‘idagi yoqimsiz hid

Og‘iz bo‘shlig‘idagi yoqimsiz hid muammosi tishlar gigiyenasiga bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Tishlaringizni pasta va tish iplari bilan obdon tozalasangiz ham yoqimsiz hid yo‘qolmasa, buni yurak kasalliklarining alomati sifatida qabul qilish mumkin.

Ko‘p hollarda yoqimsiz hid organizmdagi hastalikdan darak beradigan birinchi belgi sanaladi. Bu kabi holatga yurak-qontomir kasalliklaridan tashqari oshqozon yarasi va tanadagi yallig‘lanish jarayonlari sabab bo‘lishi mumkin. Undan halos bo‘lish uchun esa probiotiklar bilan to‘yingan taomlar yordamga kelib, og‘iz bo‘shlig‘idagi zararli bakteriyalarni halok qiladi. Agar hid shunda ham yo‘qolib ketmasa, shifokorga murojaat qilgancha jiddiy ravishda davolaning. Bu kabi vaziyatni orqaga surib bo‘lmaydi. Sababi buning oqibati yaxshilik bilan yakun topmasligi mumkin.

 


salomatlik


														
														Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Rasmiylar vafot etgan bolalarning uyidan topilgan siroplarni vaqtincha sotishni to‘xtatdi.
20:42 / 03.10.2025

														
														O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

Toshkentdagi xalqaro akademik markaz — mintaqaviy innovatsion markazga aylanmoqda;
17:09 / 26.09.2025

														
														Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Hozirda bemorlardan olingan tahlillar va oziq-ovqat namunalari laboratoriyada tekshirilmoqda. Rasmiy xulosalar chiqqach, qo‘…
10:08 / 25.09.2025

														
														Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Bu borada mutaxassis fikri bilan tanishamiz
21:03 / 27.08.2025

														
														Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi loyihalarning taqdimoti bilan tanishdi
20:47 / 19.08.2025

														
														Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Olimlar hatto unutilgan xotirani tiklashni ham o‘rganishdi
21:51 / 10.08.2025

														
														Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Mazkur ishlarning tahlili haqida Virusologiya instituti direktori Erkin Musaboyev axborot berib o‘tdi
19:18 / 20.07.2025

														
														2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu bo‘yicha rasmiy statistikani taqdim etdi
21:26 / 08.07.2025

														
														Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

So‘nggi o‘n yillikda texnologiya, ovqatlanish madaniyati va turmush tarzi keskin o‘zgardi. Afsuski, bu o‘zgarishlar faqat qu…
17:21 / 07.05.2025

														
														Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Har kuni millionlab insonlar telefonga tikilgancha, tun yarmida ham uyg‘oq yurishmoqda. Kimdir ishdan charchagan, kimdir esa…
17:23 / 26.04.2025

Bu ham qiziq

16-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
15:11 / 15.01.2026
O‘zbekistonda elektromobillar savdosi 35 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda elektromobillar savdosi 35 foizga o‘sdi

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda birlamchi avtomobil bozori barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish etdi. Bu haqda Iq…
17:09 / 17.01.2026
Prezident AQShda o‘zbekistonliklar uchun mahalla guzari tashkil etilishini ma’lum qildi

Prezident AQShda o‘zbekistonliklar uchun mahalla guzari tashkil etilishini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev 2026-yilda Nyu York yoki Vashington shahrida o‘zbekistonliklar uchun mahalla guzari tashkil etish bo‘yich…
16:28 / 17.01.2026
Osiyo Kubogi U-23. Bugun O‘zbekiston chorak finalda Xitoyga qarshi o‘ynaydi

Osiyo Kubogi U-23. Bugun O‘zbekiston chorak finalda Xitoyga qarshi o‘ynaydi

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi pley-off bosqichiga “C” guruhidan yo‘l oldi. Jamoamiz guruh bosqichida ik…
11:21 / 17.01.2026
O‘zbekistonga olib kelingan 21 kg narkotik musodara qilindi

O‘zbekistonga olib kelingan 21 kg narkotik musodara qilindi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloy…
15:29 / 16.01.2026
Taftish.uz’ning 5 nafar xodimi protsessual tartibda ushlandi

Taftish.uz’ning 5 nafar xodimi protsessual tartibda ushlandi

Hozirda ularning O‘zbekiston Respublikasi JKning 139-moddasi hamda 244/6-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarga aloqadorliklari…
12:54 / 16.01.2026
1-fevraldan boshlab “Afrosiyob”, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlari chiptalari narxi 15 foizga oshiriladi

1-fevraldan boshlab “Afrosiyob”, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlari chiptalari narxi 15 foizga oshiriladi

Unga ko‘ra, “Afrosiyob” chiptalari narxi quyidagicha etib belgilandi:
17:42 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Bugun, 17-yanvar kuni soat 15:17:35 da Qirg‘iz Respublikasi hududida zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishining epitsentri Bot…
15:35 / 17.01.2026
Chiqindidan qarzi borlar ogohlantirildi

Chiqindidan qarzi borlar ogohlantirildi

15-yanvar kuni respublika bo‘yicha chiqindi xizmatidan yuzaga kelgan 9,3 mlrd so‘m qarzdorlik uchun jami 118 ming 646 ta abo…
12:18 / 16.01.2026
Firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik Xorvatiyadan ekstraditsiya qilindi

Firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik Xorvatiyadan ekstraditsiya qilindi

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlik uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Xorvatiyadan ekstraditsiya qilind…
10:27 / 18.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!