O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropoliteni faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-191-son qarori 2026-yil 15-may kuni qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra
— Metropoliten boshqaruvi tizimiga ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida rahbarlik lavozimlariga xorijlik ekspertlarni jalb qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.
— 2026-yil avgust oyidan boshlab xalqaro headhunter tashkilotlari va nufuzli qidiruv platformalari orqali chet ellik mutaxassislarni, jumladan xorijdagi vatandoshlarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlovlar e’lon qilinadi.
— 2027-yil yanvar oyidan xorijiy mutaxassislarni “Toshkent metropoliteni” AJ tarkibiga ishga qabul qilish boshlanadi.
— 2027-yil yakuniga qadar jamiyat boshqaruvidagi kamida 2 nafar rahbarlik lavozimi xalqaro darajadagi malakali mutaxassislar hisobidan to‘ldirilishi majburiy etib belgilandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!