$
12004.02 UZS
85.04
₽
148.80 UZS
0.76
€
13361.67 UZS
77.97
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston va BAA haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olishga kelishdi

12:37 / 03.12.2023

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olishga kelishib oldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha,  IIV rahbari Po‘lat Bobojonov Abu-Dabi shahrida BAA bosh vaziri o‘rinbosari — ichki ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayon bilan uchrashdi.

Tashrif doirasida “O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari hukumati o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish va almashish to‘g‘risida”gi anglashuv memorandumi ikki davlat ichki ishlar vazirlari tomonidan imzolandi.

Mazkur memorandumning kuchga kirishi bilan har ikki davlat fuqarolari o‘zlarining milliy haydovchilik guvohnomalari bilan ikkinchi tomon davlatining hududiga tashrif buyurgan davrda transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘ladi. Uzoq muddatga yashash uchun kelganlar bundan mustasno.

Shuningdek, BAA rezidenti bo‘lgan (uzoq muddat yashash huquqini olganlar) milliy haydovchilik guvohnomasiga ega O‘zbekiston fuqarolari esa amirliklar haydovchilik guvohnomasini olish vaqtida tegishli nazariy va amaliy sinovlarni topshirishdan ozod qilinishi ko‘zda tutilgan.

“Hujjat 2024-yilning 27-yanvar kunidan kuchga kirishi belgilangan”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuvda, shuningdek, tomonlar transmilliy uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi va kiberjinoyatlarga qarshi birgalikda kurashish, mazkur yo‘nalishlarda xodimlarning malakasini oshirish va o‘zaro tajriba almashishni muhokama qildi va istiqboldagi rejalarni belgilab oldi.

 

 

 

 

 

 

 


Bu ham qiziq

Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida qorovulning iş stavkasini 0,6 dan 1 stavkaga oşirib beriş evaziga 4,5 million söm olgan …
10:22 / 27.10.2026
Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkent şahrining 12 ta tumanida davlat-xususiy şeriklik asosida jami 100 ta sanitariya-gigiyena şoxobçasi taşkil etilişi re…
10:33 / 27.10.2026
Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikk…
11:16 / 28.10.2026
Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyotni raqamlaştiriş işlari xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olayotganini ma’l…
11:39 / 27.10.2026
Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

27-oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirildi. Endilikda iPhone foydalanuvçilari mamlakatdagi …
13:28 / 27.10.2026
Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim hududlarda yoğingarçilik kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +13…+23 dar…
17:23 / 28.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qi…
11:03 / 28.10.2026
Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Husan Asadovning turmuş örtoği Gulnora Asadovani Tumanlararo perinatal markazi mu…
09:47 / 27.10.2026
Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Sönggi kunlarda havo sifatining keskin yomonlaşuvi yana jamoatçilik e’tibori markazida bölib turibdi.
09:18 / 29.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!