O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda saqlangan 13 636 kilogramm suyultirilgan gaz aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublika bo‘ylab 120 dan ortiq qonunbuzarlik holati fosh etilgan. Shundan 39 tasida gaz ta’minoti idoralari xodimlarining bevosita aloqadorligi aniqlangan.
Reydlar davomida Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Namangan viloyatlarida noqonuniy saqlash hamda sotish holatlari qayd etilgan.
Aniqlangan holatlardan birida Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro gaz ballonlarini 70 ming so‘mdan sotib olib, aholiга 100 ming so‘mdan sotgani ma’lum bo‘lgan. Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida ham shunga o‘xshash holat aniqlangan.
Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qilishicha, reydlar boshqa mas’ul idoralar bilan hamkorlikda davom ettiriladi va qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!