Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatuvchi xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljahon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva bilan uchrashdi.
Uning ta’kidlashicha, tomonlar o‘rtasidagi muloqotlar yaxshi an’anaga aylanib, yangi hamkorlik loyihalariga yo‘l ochmoqda.
“O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch va mushtarak qadriyatlar bog‘lab turadi”, — deya qayd etdi Saida Mirziyoyeva.
U uchrashuvlar kelgusida ham mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga va insonlar manfaatiga xizmat qiladigan ezgu tashabbuslarni amalga oshirishga hissa qo‘shishiga umid bildirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!