$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

Xabardor.uz

Oʻzbekistonda tovarlarni hudud boʻyicha identifikatsiyalash tartibi belgilandi

14:12 / 06.03.2022

Oʻzbekistonda tovarlarni hudud boʻyicha identifikatsiyalash tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi qonun Prezident tomonidan imzolangan. Qonunga koʻra, geografik koʻrsatkich tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgidir.

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Geografik koʻrsatkich muayyan geografik obyektda joylashgan va ushbu obyektning nomidan oʻzi ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun foydalanayotgan bir necha yuridik yoki jismoniy shaxsning talabnomasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.

Oʻzbekistondan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxslar va chet el yuridik shaxslari geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazishga hamda geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berishga doir ishlarni agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali amalga oshiradi.

Talabnomaning davlat ekspertizasi agentlik tomonidan amalga oshiriladi hamda u rasmiy ekspertizani va talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasini oʻz ichiga oladi. Talabnomaning rasmiy ekspertizasi talabnoma Agentlikka berilgan sanadan eʼtiboran 15 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin 1 oy ichida oʻtkaziladi.

Davlat ekspertizasi natijalari asosida agentlik geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini reyestrda roʻyxatdan oʻtkazishni patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat olingan sanadan eʼtiboran 3 ish kunida amalga oshiradi.

Qonunga koʻra, geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma uning egasining geografik koʻrsatkichdan guvohnomada koʻrsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.

Guvohnoma geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin 3 ish kuni ichida agentlik tomonidan beriladi. Guvohnoma talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran 10 yil davomida amal qiladi.

Shuningdek, geografik koʻrsatkichlarni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun patent bojlari olinadi. Yuridik va jismoniy shaxslar geografik koʻrsatkichni boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazishga haqli.

Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


Bu ham qiziq

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. 41 yoşli futbo…
16:14 / 05.11.2026
“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, ko…
14:28 / 06.11.2026
Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026
Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026
Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunnin…
17:22 / 05.11.2026
Samarqandda 4 kişini Umraga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi

Samarqandda 4 kişini Umraga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi

Samarqandda tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi xodimi tört kişini Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, 5 …
15:25 / 04.11.2026
Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida xotinini öldirib, 2,5 yoşli qiziga jinsiy zöravonlik qilgan va uning ham hayotiga zomi…
08:53 / 06.11.2026
Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Bekobod şahridagi “M.K.” korxonasi faoliyati ör…
12:11 / 07.11.2026
Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026
Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan umumiy qiymati 1 milliard 20,6 million sömlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiri…
14:24 / 05.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!