$
11934.24 UZS
-75.03
152.98 UZS
-0.77
13591.91 UZS
-96.26
31° Kechasi 18°

Qibrayda bir oilaning 4 nafar a’zosini va bir ishchini o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

16:55 / 16.12.2021

Joriy  yilning 29-iyul kuni Toshkent viloyati Qibray tumani, Istiqbol mahallasida yashovchi fuqaro A.Yernazarov va uning oila a’zolari vahshiylarcha o‘ldirib ketilgan va mazkur holat o‘z vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

Joriy yilning 14-dekabr kuni qotillik sodir etgan 24 yoshli shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Sud tergovi jarayonida aniqlanishicha, 1997-yil Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug‘ilgan Sh. 2018-yilning yoz faslida ish izlab Qibray tumani, Baytqo‘rg‘on hududiga keladi.

Bu yerda u o‘zidan 10 yosh katta bo‘lgan, ikki nafar farzandning onasi M.A bilan tanishadi va shu bilan ular 2021-yil may oyigacha o‘zaro ishqiy munosabatlarda bo‘lib kelishadi. 2021-yil 11-may kuni Sh. ishlash maqsadida Rossiyaga ketadi.

U Rosiyada ekanligi paytida M.A bilan orasidan gap qochadi va avvaldan telefonida saqlab yurgan ishqiy sahnalari aks etgan videomateriallarni internetga joylab yuboradi.

Shu tariqa ayol bilan o‘rtalaridagi munosabat butkul tugaganidan alamzada bo‘lgan Sh. endi qizni qasddan o‘ldirishni maqsad qiladi.

U 2021-yil 25-iyul kuni tunda “Moskva-Toshkent” yo‘nalishidagi reys bilan Toshkentga uchib keladi va 26-iyul kuni M.Aning ish joyiga u bilan uchrashib, yana urishib qoladi.

Sh. yana 2021-yil 29-iyul kuni kech soat 23:30larda oldindan tayyorlangan oshxona pichog‘i, tibbiy niqob va qo‘lqopni olib, M.A yashaydigan uyga boradi. Uyning kirish darvozasi ochiqligi va hovlida chiroq o‘chganini ko‘rib, hovlidan o‘tib uyning yashash xonadoniga sezdirmasdan kiradi va dahlizda uxlab yotgan M.Aning singlisi 1988-yilda tug‘ilgan M.Yeni ko‘rib qoladi. Xona qorong‘u bo‘lgani bois uni M.A deb o‘ylab, pichoq bilan M.Aning singlisini ko‘krak sohasiga bir necha marotaba urib uni o‘ldiradi. Shu tobda M.Yening baqirgan tovushini eshitib, uning otasi uyg‘onib qoladi. Tovush chiqqan tomonga kelgan qizning otasi 1960-yilda tug‘ilgan A.Yeni ko‘rgan qotil, qasddan o‘ldirish maqsadida unga ham tashlanadi, va uning ko‘krak sohasiga bir necha bor pichoq urib, qasddan o‘ldiradi. Bu orada hovlida uxlab yotgan M.A ning ukasi 1997-yilda tug‘ilgan A.E ham shovqin surondan uyg‘onib ketadi. Yordam so‘rab baqirgan tovushlarni eshitib, uy ichkarisiga kirmoqchi bo‘lganda u ham Shavkatga duch keladi. Qotil uning ham faol qarshiligini yengib, ko‘krak qafasi va chap qo‘ltiq sohasiga bir necha marotaba pichoq tiqib o‘ta shafqatsizlarcha o‘ldiradi.

Shu kuni ushbu xonadonda qurilish ishlarini bajarish uchun kelgan yollanma ishchi 1984-yilda tug‘ilgan Baxtiyor Qunduzov ham bo‘lgan. Afsuski Baxtiyorning ham qismatida qotilning qo‘lidan o‘lim topadi.

Qotilning asosiy nishoni – M.Ani o‘ldirish edi. Shu tariqa hovlidagi temir karavotda uxlab yotgan M.Ani ko‘rib, karavot ustiga sakrab chiqadi va u yerda uxlab yotgan M.Aning onasi, uning voyaga yetmagan qizi, singlisi va uning voyaga yetmagan farzandlarini ko‘z o‘ngida, o‘ta shafqatsizlik bilan M.Ani yurak sohasi va chap ko‘z qismiga bir necha marta pichoq sanchib qasddan o‘ldiradi.

Bu onda M.Aning onasi baland ovozda atrofdagi qo‘shnilarni yordamga chaqira boshlaydi. Qotillik sodir etish jarayonida o‘ng qo‘l barmog‘ini kesilib ketishi natijasida yuzaga kelgan qon ketish hamda kuchli og‘riq tufayli Shavkat qolgan harakatlarini oxiriga yetkaza olmasdan, voqea joyidan qochib yashirinadi.

Joriy yilning 14-dekabr kuni Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining yopiq sud majlisida Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan ayblangan Sh.Iga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud Sh.Iga JKning 25,97-moddasi, 119-moddasi 2-qismi “g” bandi, 130-moddasi 2-qismi “a” bandi, 219-moddasi 1-qismi, 140-moddasi 2-qismi, 97-moddasi 2-qismi “a,v,g,j,r” bandlari bilan, Jinoyat kodeksining 59-moddasi 4-qismi tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

 


Bu ham qiziq

Yoshlar uchun yangi stipendiyalar joriy etiladi Iqtidorli talabalar uchun yangi davlat stipendiyalari joriy etiladi, xalqaro olimpiada g‘oliblari

Yoshlar uchun yangi stipendiyalar joriy etiladi Iqtidorli talabalar uchun yangi davlat stipendiyalari joriy etiladi, xalqaro olimpiada g‘oliblari

Endilikda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-bosqich talabalari…
15:44 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 mln nafardan oshdi

Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 mln nafardan oshdi

Ayni vaqtda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani b…
10:46 / 30.06.2026
Anomal issiqlik tufayli Eyfel minorasi 10 santimetrga uzaydi

Anomal issiqlik tufayli Eyfel minorasi 10 santimetrga uzaydi

Fransiyada kuzatilayotgan anomal jazirama tufayli Parijdagi Eyfel minorasining balandligi taxminan 10 santimetrga oshdi.
16:45 / 30.06.2026
Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, so…
17:41 / 29.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Gendelning “Tamerlano” operasi Parijda ijro etildi

Saida Mirziyoyeva: Gendelning “Tamerlano” operasi Parijda ijro etildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri
17:20 / 01.07.2026
Braziliya so‘nggi daqiqalarda Yaponiyani mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi

Braziliya so‘nggi daqiqalarda Yaponiyani mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi

2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Braziliya terma jamoasi Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqanin…
10:21 / 30.06.2026
The Ring reytingi yangilandi: Madrimov to‘rtinchi pog‘onada

The Ring reytingi yangilandi: Madrimov to‘rtinchi pog‘onada

Yangilangan The Ring reytingida Isroil Madrimov o‘z o‘rnini saqlab qoldi.
16:52 / 01.07.2026
Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

“Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan o‘tgan mazmunli muloqotimizdan mamnunman”, – degan Saida …
09:43 / 30.06.2026
Paragvay Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, JCHdan chiqarib yubordi

Paragvay Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, JCHdan chiqarib yubordi

Paragvay Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, JCHdan chiqarib yubordi
10:15 / 30.06.2026
Prezident bilan uchrashgan ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

Prezident bilan uchrashgan ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida o‘tkazilgan bayram tadbirida Prezidentimizga iqt…
10:05 / 01.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!