30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida o‘tkazilgan bayram tadbirida Prezidentimizga iqtidorli yoshlarning innovatsion loyihalari taqdim etildi.
Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilgan taqdimotda yosh ixtirochilar o‘zlarining ilmiy ishlanmalari, muhandislik loyihalari va innovatsion g‘oyalarini namoyish etdi.
Taqdimot davomida No‘monjon Ibrohimov “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali natijalari hamda mamlakatda muhandislik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
FPV dronlar poygasi bo‘yicha 2024–2025-yillar O‘zbekiston chempioni Biloliddin Ismoilov esa o‘zi yaratgan “Shunqor-8” va “X1” antidron tizimlari hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
Shuningdek, Diyora Kurmayeva oliy ta’lim muassasalarida “Fudomika va metabolomika” ta’lim yo‘nalishini ochish hamda maxsus ilmiy laboratoriyani tajriba tariqasida tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Tadbir yakunida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasidagi “Yangi avlod avtomobillari” yo‘nalishi g‘olibi Ayzada Asanova Prezidentimizning sovg‘asi — Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, u Belgiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro tanlovda ishtirok etish uchun yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!