2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar qabuli boshlandi. Hujjatlar 1–30-iyul kunlari Oliy ta’lim vazirligining my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Magistratura tanlovida tegishli mutaxassislik bo‘yicha milliy yoki xalqaro chet tili sertifikatiga ega talabgorlar ishtirok etishi mumkin. Onlayn ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: bakalavr diplomi; chet tilini bilish sertifikati.
Shu bilan birga, ayrim toifadagi talabgorlardan chet tili sertifikati talab etilmaydi. Bular: Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari; ko‘rish, eshitish yoki nutqida nuqsoni bo‘lgan nogironligi mavjud shaxslar; bakalavriat ta’limini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!