Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri Yevropaning eng nufuzli sahnalaridan biri — Versal saroyining Qirollik operasida Jorj Fridrix Gendelning “Tamerlano” operasini muvaffaqiyatli ijro etganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Dubay, Vena va Sankt-Peterburgdan so‘ng mazkur opera endi Parij tomoshabinlarini ham rom etdi. “Iqtidorli musiqachilarimizning jonli ijrosidan bahramand bo‘lar ekanman, madaniy diplomatiya turli xalqlarni birlashtirishga qodir ekaniga yana bir bor ishonch hosil qildim”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!