$
11941.65 UZS
-81.81
₽
147.65 UZS
-1.79
€
13383.01 UZS
-78.46
31° Kechasi 18°

Qonxo‘r chivinlardan qanday xalos bo‘lish mumkin?

11:10 / 16.07.2022

Butun tariximizda chivinlar odamlarning o‘zi bir-birini o‘ldirganidan ko‘ra ko‘proq odamning hayotiga zomin bo‘lgani haqida eshitganmisiz. Keling, qaysi birimiz bu dushman uchun eng zaif ekanligini aniqlaylik.

Agar siz dunyodagi eng xavfli jonzot qaysi, deb so‘rasangiz, yirtqich hayvonlar, akulalar, zaharli o‘rgimchaklar, meduzalar va boshqa dahshatli mavjudotlar xayolingizga keladi. Ammo savolga statistika nuqtai nazaridan qarasangiz, insoniyatning asosiy dushmani chivinlar ekanini tushunib yetasiz.

Milliarder Bill Geyts jamg‘armasi hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu qon so‘ruvchilar yuqtirgan kasalliklar yiliga 725 ming odamni o‘ldiradi. Taqqoslash uchun, dunyo bo‘ylab har yili o‘rtacha 475 mingta qotillik sodir bo‘ladi. Yerdagi barcha turdagi akulalar hujumidan esa u qadar ko‘p odam halok bo‘lmaydi. Umuman olganda, raqamlar bu yerda nima ustunlik qilayotganini aniq ko‘rsatib turibdi.

Umuman olganda, ko‘pchilik chivinlar vegetarianlardir, ular o‘simlik sharbatlarini ichishadi. Ammo tuxum qo‘yish va uchun urg‘ochilari proteinli oziq-ovqatga muhtoj va ular buni qondan olishadi. Shuning uchun, chivinlar kechalari ovga chiqadi, va bu paytda ularning qurboni bo‘lish imkoniyatingizni oshiradigan omillar mavjud.

1. Sport bilan ko‘p shug‘ullanuvchi va ulkan fizikaga ega odamlar

Chivinlar rivojlangan hid bilish tizimiga ega va qurbonlarni asosan hid orqali izlaydi. Qon so‘ruvchilarning maksiller palplari karbonat angidrid yoki kislorodni ushlaydigan maxsus sensorli neyronlar bilan ta’minlangan. Bu hasharotlarni o‘ziga tortadigan asosiy omil.

Florida universitetining tibbiy entomologiya professori Jonatan Dayning so‘zlariga ko‘ra, odam ishlab chiqaradigan karbonat angidrid miqdori ularning metabolizmiga bog‘liq. Jismoniy faol va katta mushak massasiga ega bo‘lgan odamlarning chivinlarga o‘lja bo‘lish ehtimoli ko‘proq.

Kisloroddan tashqari, sportchilar sut kislotasining kuchli hidlarini, ayniqsa mashqlar paytida, nafas olishda aseton va estrogenning parchalanish mahsuloti – estradiolni chiqaradi.

Chivinlar bu hidlarning barchasini yaxshi ko‘radi. Ular shunchaki bu “vampirlar”ni choyxona palovi hidi kabi o‘ziga chorlaydi.

Shu sababli, metabolizmi yuqori bo‘lgan katta odamlar, sportchilar va fitnes modellari doimo qon so‘ruvchilar nishoni ostida. Bundan tashqari, katta odamlar chivinlar uchun osonroq seziladi. Umuman olganda, oqsilni yaxshi ko‘radiganlarning o‘zlari uning yaxshi manbaidir.

Yechim. Sport bilan shug‘ullanmang. Bu hazil, siz mashq qilishingiz mumkin, lekin yaxshilab yuvinish kerak va mayda chivinlar to‘plangan joylarda yugurmasligingiz kerak.

2. Qora kiyim kiyishni yaxshi ko‘ruvchilar

Qora liboslar zamonaviy ko‘rinadi. Ko‘pchilik shunday deb o‘ylaydi, hatto chivinlar ham. Gap shundaki, bu hasharotlarning ko‘rish qobiliyati hid hissi kabi ajoyib emas. Agar hayron bo‘lsangiz, chivinlar odamni 5-15 metr masofada ko‘rishga qodir.

Pretoriya universiteti qoshidagi bezgakka qarshi kurash instituti rahbari Taneshka Kryugerning aytishicha, ular maqsadli joyda faqat ulkan siluetlarni ko‘rishadi. To‘q ranglar ularning ko‘rish sohasida ko‘proq ajralib turadi, shuning uchun hasharotlar katta, qora va qiziqarli tarzda miltillayotgan narsalarni payqab, uchib kelishadi.

Bundan tashqari, Avstraliya Tropik salomatlik va tibbiyot instituti xodimi Edgar Pollard tomonidan asos solinganidek, qon to‘kuvchilar yashil, qizil va boshqa yorqin ranglarni ham yaxshi ko‘radilar.

Yechim. Yumshoq ranglar. Oq va zaytun ranglari chivinlarga kamroq ko‘rinadi. Agar chivin yaqinroq uchib kelsa ham, undan oson qutulish mumkin. Ammo u qora kiyingan odamlarga ko‘proq “qiziqish bildiradi”.

3. Ko‘p terlovchi va tana harorati tuz-tuz ko‘tariladigan insonlar

Qat’iy aytganda, chivinlarning nazorati ostida nafaqat ko‘p sport bilan shug‘ullanadigan odamlar, balki ko‘p terlaganlar ham bor.

7 причин, почему вы привлекательны для комаров: вы потеете

Terning hidini qaytaradigan dezodorant yoki odekolon sepish bunga kifoyadek tuyulishi mumkin. Ammo, “Isahn” tibbiyot maktabi dermatologiya bo‘limining tibbiy direktori doktor Gari Goldenbergning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi atirlar, aksincha, faqat qon to‘kuvchilarni ko‘proq jalb qiladi. Chivinlarni shirin hidlar ayniqsa o‘ziga jalb qiladi.

Yechim. Dermatolog bilan uchrashish orqali ortiqcha terlash yoki giperxidroz bilan kurashing. Bundan tashqari, siz tez-tez yuvinishingiz kerak.

4. Birinchi qon guruhidagi odamlar

Ha, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, birinchi ijobiy qon guruhi bo‘lgan odamlar ikkinchisiga qaraganda chivinlarni deyarli ikki baravar ko‘proq o‘ziga jalb qiladi.

7 причин, почему вы привлекательны для комаров: у вас первая группа крови

Yechim. Qon guruhini o‘zgartirish ish bermasligi sababli, bu haqiqatni qabul qilishdan o‘zga chora yo‘q.

5. Oyoqlarini kam yuvuvchi insonlar

2011 yilda o‘tkazilgan tajribalardan biri terida yashovchi bakteriyalar soni va chivinlarning bu joyga qiziqishi o‘rtasida kuchli bog‘liqlik borligini ko‘rsatdi. Mikroorganizmlarning eng katta koloniyalari odamlarning to‘piqlari va oyoqlarida joylashgan, shuning uchun qon to‘kuvchilar sizning yalang oyoqlaringizga katta “qiziqish” bildiradi.

7 причин, почему вы привлекательны для комаров: вы не моете ноги

Yechim. Oyoqlaringizni ko‘proq yuving.

6. Spirtli ichimliklarni xush ko‘ruvchi odamlar

Ba’zi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, chivinlar mast odamlarning qonini ichishga ko‘proq tayyor. Misol uchun, bir tadqiqotda Amerika chivinlarga qarshi kurash assosiasiyasi olimlari 350 ml pivo iste’mol qilganlar qon so‘ruvchilarni sezilarli darajada o‘ziga ko‘proq jalb qilinganligini payqashdi. Shunga o‘xshash natijalarni Burkina-Fasolik mutaxassislarning yana bir tajribasi ko‘rsatdi.

7 причин, почему вы привлекательны для комаров: вы любите пиво

Siz chivinlar shunchaki siz bilan mast bo‘lishni xohlaydi, deb o‘ylashingiz mumkin, lekin unday emas. Hasharotlarning farovonligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatish uchun ular iste’mol qiladigan qonda etanol yetarli emas. Shunga qaramay, bu hasharotlar mast odamlarning qonini ichish ehtimoli ko‘proq. Ular spirtli ichimliklar haqida biz bilmagan narsalarni bilishadi, shekilli.

Yechim. Hech bo‘lmaganda ochiq havoda spirtli ichimlik ichishni to‘xtating.


salomatlik


														
														Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026

														
														Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026

														
														Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha semizlik 3,7 mln kishining o‘limig…
10:05 / 08.10.2026

														
														Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida vabo yuqtirgani gumon qilingan 27 yoshli ayol pnevmoniyadan vafot etgani ma’lum qilindi. Rosp…
10:15 / 05.10.2026

														
														Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

2-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol va yangi tug‘ilgan chaqa…
14:55 / 03.10.2026

														
														Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan…
09:45 / 03.10.2026

														
														Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026

														
														“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

														
														Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Rasmiylar vafot etgan bolalarning uyidan topilgan siroplarni vaqtincha sotishni to‘xtatdi.
20:42 / 03.10.2025

														
														O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

Toshkentdagi xalqaro akademik markaz — mintaqaviy innovatsion markazga aylanmoqda;
17:09 / 26.09.2025

Bu ham qiziq

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026
Toşkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Toşkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Toşkent şahrida aksiz markasi bölmagan tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotiş bilan şuğullangan bir neça şaxslar uşlandi.
10:10 / 03.11.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026
Özbekistonda mobil radarlar haqida ogohlantiruvçi belgilar majburiyati bekor qilindi

Özbekistonda mobil radarlar haqida ogohlantiruvçi belgilar majburiyati bekor qilindi

Hukumat qaroriga muvofiq, 2026-yil 30-oktyabrdan Özbekiston avtomobil yöllarida mobil radarlar joylaşgan hudud haqida haydov…
11:19 / 02.11.2026
Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

30-oktyabr kuni AQŞning Vaşington ştatidagi Sietl şahrida Özbekiston va AQŞ örtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik i…
12:30 / 02.11.2026
Özbekistonda 200 mingga yaqin yoş xorijda işlaş uçun til sertifikatiga ega

Özbekistonda 200 mingga yaqin yoş xorijda işlaş uçun til sertifikatiga ega

Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijda yuqori daromadli iş örinlariga ega böliş uçun çet tillarini biladigan yoşlarni kasbga ta…
14:54 / 02.11.2026
Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yoğingarçilik kuzatilmaydi. Bu haqda Öz…
17:34 / 02.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yi…
09:32 / 31.10.2026
Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkent şahridagi köp qavatli uylarning içki hovlilaridan avtoturargohlar va avtomobil yölaklarini taşqariga çiqariş rejalaş…
11:28 / 02.11.2026
Yevropa va boşqa davlatlarda özbekistonliklar uçun iş imkoniyatlaridan foydalanilmayotganini tanqid qildi

Yevropa va boşqa davlatlarda özbekistonliklar uçun iş imkoniyatlaridan foydalanilmayotganini tanqid qildi

Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etiş masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Prezident…
11:54 / 02.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!