$
12140.91 UZS
17.53
149.41 UZS
0.22
14053.10 UZS
-41.54
31° Kechasi 18°

Rasm chizishni oʻrganish uchun 5 sabab

20:59 / 21.01.2022

Bolalikda rasm darsiga juda qiziqqansiz, toʻgʻrimi? Bolalarni tanqid bilan sindirish juda qiyin, ular tanqid nima ekanligini bilishmaydi, oʻzlari tomon bildirilgan salbiy fikrlarga kulib javob qaytarishdan nariga oʻtishmaydi. Yoshingiz katta boʻlib, aqlingizni taniy boshlaganingizdan keyin chizgan suratlaringiz aslida siz oʻylagandek chiroyli emasligini aytishadi, siz esa tanqidni qabul qilasiz va barchasiga qoʻl siltab ketasiz. Rasm chizishni bolalarga xos mashgʻulot deb qabul qilmang. Balki farzandlaringiz surat chizib oʻtirganlarida ularning yoniga borib, moʻyqalamni qoʻlga olish va bolalik onlarini ortga qaytarish kerakdir? Nima uchun deysizmi?

Rasm chizish stressdan xalos etadi

Qoʻllar ish bilan band boʻlgan holatda aql muammolarni vaqtincha boʻlsa ham unutadi, diqqat-eʼtiboringiz ayni daqiqalarda sodir boʻlayotgan voqeaga qaratiladi. Bu esa oʻz navbatida stressdan xalos boʻlishga yordam beradi.

Rasm chizish jarayonida organizmda kayfiyatni koʻtarishga yordam beruvchi va hayotdan qoniqish hissini paydo qiluvchi serotonin, endorfin, dofamin va norepinefrin gormonlari ishlab chiqariladi. Bir soʻz bilan aytganda, ruhshunos qabuliga borish oʻrniga rasm chizish bilan shugʻullansa ham boʻladi.

Художник Online

Miya faoliyati yaxshilanadi

Rasm chizish vaqtida miyaning har ikki yarimshari faol holatda boʻladi, bu ular oʻrtasidagi bogʻliqlikni mustahkamlashga yordam beradi. Neyropsixologlar miyaning ikkita yarimsharini bir vaqtda ishlatish foydali ekanligini aytishadi. Rasm chizish diqqatni bir yerga jamlashga oʻrgatadi, xotirani kuchaytiradi, kreativlikni oshiradi.

Художник Online

Oila aʼzolarini birlashtiradi

Rasm chizish – oila aʼzolari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga ham yordam beradi. Qoʻlingizga qogʻoz va qalam olib, stolga oʻtirishingiz bilan yoningizga boshqalar ham kelib oʻtirishiga shubha qilmang. Natijada yaqinlaringiz bilan ijodiy suhbat qurib, vaqtni birgalikda oʻtkazishingiz mumkin boʻladi.

Художник Online

Oʻzingizni yaxshiroq tushuna boshlaysiz

Rasm chizish – asablarni tinchlantirishga yordam beruvchi mashgʻulot. Jarayon davomida eʼtibor bir yerga qaratiladi, koʻzlar va qoʻllar harakati nazorat qilinadi. Baʼzida surat orqali ichki holat, xavotirlar va his-tuygʻularni aks ettirish ham mumkin. Bu esa oʻzingizni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Художник Online

Чизишни ўрганиш учун кўп нарса керак эмас

Бунинг учун ортиқча заҳмат чекишга ҳожат йўқ. Шунчаки интернетдан видеодарсларни излаб топинг, уларни диққат билан томоша қилинг ва ишга киришинг. Хоҳишингизга кўра, тасвирий санъат курсларига қатнашингиз ҳам мумкин. Энг муҳими, "Туғма қобилиятим йўқ" деган баҳона билан истакдан воз кечманг.

Художник Online

Балки буюк рассом бўлиш учун туғма қобилият керакдир, аммо кунларингизни ранглар билан безаш учун истак бўлса етарли!


Foydali


														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

														
														O‘zbekiston qulupnay va boshqa rezavor mevalar yetishtirishni ko‘paytirmoqda

O‘zbekiston qulupnay va boshqa rezavor mevalar yetishtirishni ko‘paytirmoqda

2025-yilning o‘tgan 7 oyi ichida avvalgi yilga nisbatan 6.6 foiz ko‘proq mahsulot yetishtirilgan
19:53 / 10.08.2025

														
														Yodlangan osh tuzi iste’mol qilish qanchalik zarur?

Yodlangan osh tuzi iste’mol qilish qanchalik zarur?

Nega bu masalaga global miqyosida qaraladi?
20:07 / 06.07.2025

														
														Telefonlarning hayotimizga va ruhiyatimizga ta’siri

Telefonlarning hayotimizga va ruhiyatimizga ta’siri

Mobil telefonlar allaqachon hayotimizning ajralmas qismiga aylanishga ulgurgan. Kun davomida bu qurilma qo‘limizda turadi.
15:23 / 23.01.2025

														
														Zumerlar aslida kim?

Zumerlar aslida kim?

Bugungi axborot davrida ko‘plab yangidan yangi atamalar paydo bo‘lmoqda yoki eski atamalar ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanis…
10:31 / 23.11.2024

Bu ham qiziq

“Tolibon” Pokistonni ogohlantirdi

“Tolibon” Pokistonni ogohlantirdi

“Tolibon” Pokiston Afg‘onistonga nisbatan tajovuz qilsa, buning oqibati yomon bo‘lishi haqida ogohlantirdi.
16:01 / 11.10.2025
Ukraina Rossiya zavodlariga zarba berishda AQSh razvedkasiga tayanmoqda

Ukraina Rossiya zavodlariga zarba berishda AQSh razvedkasiga tayanmoqda

Financial Times e’lon qilgan maqolada aytilishicha, bu Rossiya iqtisodiyotini zaiflashtirishga va Putinni muzokaralarga majb…
15:06 / 12.10.2025
Qatar AQShda harbiy aviabaza quradi

Qatar AQShda harbiy aviabaza quradi

“Axios”ning yozishicha, kelishuvning o‘ziga xos jihati shundaki, Qatar yangi harbiy-havo obyektini noldan boshlab quradi.
08:25 / 12.10.2025
Buxoroda Matiz kanalga tushib ketdi

Buxoroda Matiz kanalga tushib ketdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
15:36 / 11.10.2025
Tramp: “Nobelni mendan tortib olishmadi, Machado uni menga bag‘ishladi”

Tramp: “Nobelni mendan tortib olishmadi, Machado uni menga bag‘ishladi”

Oq uy ham Nobel qo‘mitasining qaroridan norozilik bildirgan.
13:18 / 12.10.2025
Mashhur Gollivud aktrisasi vafot etdi

Mashhur Gollivud aktrisasi vafot etdi

Amerikalik taniqli aktrisa Dayan Kiton Kaliforniyada 79 yoshida vafot etdi.
17:08 / 12.10.2025
O‘zbekistonda aholi 8 oy davomida uy-joy qurish uchun 35,4 trln so‘m sarfladi

O‘zbekistonda aholi 8 oy davomida uy-joy qurish uchun 35,4 trln so‘m sarfladi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 35,4 trln so‘mlik yakka …
12:40 / 12.10.2025
Oilasi bilan “Moskva Siti”da yashayotgan Bashar Asad umrini videoo‘yinlarga sarflamoqda

Oilasi bilan “Moskva Siti”da yashayotgan Bashar Asad umrini videoo‘yinlarga sarflamoqda

Bashar Asad ayrim vaqtlarda kvartirasi joylashgan osmono‘par binoning birinchi qavatidagi savdo markazida ko‘rinish beradi.
20:53 / 11.10.2025
Tojikiston Putinni hibsga olish haqidagi XJS orderini ijro etmadi

Tojikiston Putinni hibsga olish haqidagi XJS orderini ijro etmadi

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar xizmati matbuot kotibi Anitta Hipper bu harakat uchun Dushanbeni tanqid qildi.
14:39 / 11.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!