$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Senat Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomini belgilovchi qonunni ma’qulladi

10:33 / 08.08.2026

7 avgust kuni Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun ma’qullandi. Mazkur hujjat Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilab beradi.

Qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan. Unda Prezident Administratsiyasining davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni, huquqiy maqomi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari konstitutsiyaviy qonun darajasida mustahkamlanmoqda.

Hujjatda Administratsiyaning maqomi, faoliyat prinsiplari, tarkibiy tuzilishi va ishini tashkil etish tartibi, shuningdek, davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi aniq belgilab berilgan. Bundan tashqari, Administratsiya mansabdor shaxslari, boshqaruv va xizmatchi xodimlarining faoliyat kafolatlari ham nazarda tutilgan.

Qonunni ishlab chiqishda AQSH, Finlyandiya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya, Latviya, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning tegishli tajribasi o‘rganilgan.

Senatorlarning ta’kidlashicha, Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Prezident faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish, davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida senatorlar qonunni ma’qulladi.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilingan edi.


Bu ham qiziq

Tarixiy obidaga yangi hayot: san’at va madaniyat uchun yaratilgan yangi maskan

Tarixiy obidaga yangi hayot: san’at va madaniyat uchun yaratilgan yangi maskan

Toshkent markazida 1912-yilda barpo etilgan sobiq dizel elektr stansiyasi binosi poytaxt sanoat me’morchiligining noyob namu…
09:19 / 04.09.2026
Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Kuni kecha Saida Mirziyoyeva Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining o…
11:38 / 03.09.2026
AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026
Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026
Glinka ko‘chasidagi portlash sababi ma’lum bo‘ldi

Glinka ko‘chasidagi portlash sababi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrining Glinka ko‘chasida yuz bergan avariyaga yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz sabab bo‘lgani aniqlandi.…
14:01 / 04.09.2026
Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026
Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

“Buxoro suv ta’minoti” AJning sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv iste’moli uchun deb olgan mablag‘larni o‘z ehtiyojla…
17:08 / 04.09.2026
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi va maktab avtobuslariga ehtiyoj mavjudligi o‘rganilmoqda. Bu haqd…
12:51 / 06.09.2026
YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) resurslar yetishmasligi sabab Rossiyaga qarshi berilgan 879 ta individual shikoyatni ko…
16:53 / 04.09.2026
Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!