Samarqand viloyatida MAN rusumli yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 6-avgust kuni soat 16:00 atrofida Nurobod tumani “Mehnatkash” MFY hududidan o‘tuvchi A-378 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida yuz bergan. Samarqand–Qashqadaryo yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi kabinasida to‘satdan yong‘in chiqqan.
Haydovchi transport vositasini to‘xtatishga uringan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chap tomonidagi beton to‘siqqa urilgan. Shundan so‘ng yuk mashinasi ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!