Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudida Namangan shahri sobiq hokimi Anvar Otaxo‘jayev va yana besh nafar shaxsga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlandi.
Sud ma’lumotiga ko‘ra, jami olti nafar sudlanuvchidan uch nafari qamoqda saqlanmoqda, qolgan uch nafariga esa munosib xulq-atvorda bo‘lish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Dastlabki tergov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, mansab soxtakorligi, pora olish, pora berishda ishtirokchilik hamda pora olish-berishda vositachilik qilish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Anvar Otaxo‘jayev 2025-yil sentyabr oyida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olingan. U poyabzal ishlab chiqaruvchi korxona rahbari bilan til biriktirib, tadbirkorga 35 sotix yer maydonida ko‘p qavatli uy qurish huquqini olib berishni va’da qilgani, buning evaziga 60 ming AQSH dollari talab qilingani aytilmoqda.
Anvar Otaxo‘jayev 2023-yil dekabr oyida Namangan shahri hokimi lavozimiga tayinlangan edi. Hozirda mazkur jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!