$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

Shahzoda Garri qirolicha bilan vidolashuvga Megan Marklsiz tashrif buyurdi

13:25 / 11.09.2022

Buyuk Britaniya qiroli Karl III shahzoda Garridan qirolicha Yelizaveta II bilan vidolashuv uchun rafiqasi Megan Marklni o‘zi bilan Balmoral qasriga olib ketmaslikni so‘radi. Bu haqda “The Sun” yozmoqda.

Nashr manbasiga ko‘ra, shahzoda Garri buvisining sog‘lig‘i yomonligi haqida Londondagi “Frogmor xaus” qarorgohida, Markl bilan birga Balmoralga kelmoqchi bo‘lgan paytda xabar topgan. Biroq shahzodaga qo‘ng‘iroq qilgan otasi undan Meganni o‘zi bilan olib kelmaslikni so‘ragan.

“Karl Garriga juda qayg‘uli paytda Meganning Balmoralda bo‘lishi noto‘g‘ri yoki nomaqbul ekanini aytdi. Shu bilan birga, Garriga uning ukasi Uilyam Keyt Middltonning rafiqasi ham bormasligini aytishgan, chunki malika yonida faqat yaqin qarindoshlar bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, Garriga Uilyam, Edvard va Endryu tomonidan foydalanilgan RAF samolyotidan foydalanish taqiqlangan”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentyabr kuni 96 yoshida vafot etdi, u so‘nggi daqiqalarini oilasi bilan Balmoral qal’asida o‘tkazgan. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li, Uels shahzodasi Karl III Buyuk Britaniyaning yangi monarxi bo‘ldi.


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti bilan uchrashdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning en…
09:11 / 16.10.2026
Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs tomonidan transport vositasini boshqargan holati yuzasidan munosabat berildi.
11:14 / 17.10.2026
Saida Mirziyoyeva Gonkongdagi eng yirik xolding boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Gonkongdagi eng yirik xolding boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi

"O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga isho…
09:18 / 17.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. …
15:39 / 16.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, jamoatchilikka ochiq e…
14:59 / 16.10.2026
AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQSHning Oregon shtatidagi Bend shahrida 15-oktyabr kuni Silver Rail boshlang‘ich maktabida 16 yoshli o‘smir tomonidan sodir…
09:43 / 16.10.2026
Prezident administratsiyasi rahbari Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari hamda Prezident Administratsiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari hamda Prezident Administratsiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Erdo‘g‘an bilan uchrashuvdan so‘ng, Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari hamda Prezident Adm…
09:23 / 16.10.2026
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanadigan 3 million 800 ming xonadonni ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich xususiy…
15:49 / 16.10.2026
Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar jalb etiladi

Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar jalb etiladi

Chekka hududlardagi maktablarda xorijiy tillarni, jumladan, sharq tillarini o‘qitish sifatini oshirish maqsadida “Teach for …
09:19 / 16.10.2026
Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

“Bugun AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direk…
09:09 / 17.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!