O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. Kelgusi yil 1-martgacha tarmoqlarga ulanish imkoniyatlari xaritasi, 1-iyulga qadar esa to‘liq bosh reja taqdim etiladi.
Hujjatlarda hududlar kesimida elektr energiyasiga talabning o‘sishi, zarur infratuzilma va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini samarali joylashtirish imkoniyatlari ko‘rsatiladi. Bu investorlarning uzoq muddatli rejalarini oldindan shakllantirishiga yordam beradi.
Shuningdek, “yashil” energiya ishlab chiqaruvchilarga sertifikatlar va karbon kreditlari orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu daromadlardan olinadigan manfaatni davlat va investorlar o‘rtasida adolatli taqsimlash mexanizmlari joriy etiladi.
Mazkur jarayonda O‘zbekistonning xalqaro ekologik majburiyatlari va amaldagi shartnomalari to‘liq hisobga olinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!