$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilgan Milliy futbol markazini borib ko‘rdi

19:29 / 18.08.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilgan Milliy futbol markazini borib ko‘rdi.

Davlat rahbari ikki yil oldin bu yerga tashrif buyurib, mavjud stadionga tutash hududda zamonaviy majmua bunyod etish zarurligini aytgan edi. Ko‘p o‘tmay, 2023-yil 3-noyabrda “Futbol-ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori imzolandi.

Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan mazkur markaz bunda juda muhim bo‘g‘in. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 6 ta terma jamoamizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish imkoniyati bor. Buning uchun stadionlar, o‘quv binolari, sport zallari, mehmonxona barpo etilgan. Plyaj futboli maydoni, futzal maneji, basseyn va reabilitatsiya bo‘limi qo‘shimcha qulayliklar yaratgan.

Majmuada professional futbolchi va mutaxassislarni tayyorlash uchun to‘rtta tuzilma tashkil etildi. Bular - Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi, Respublika futbol akademiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazidir.

Prezidentimiz ularda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Futbol tibbiyoti va reabilitatsiyasi bo‘limiga xorijiy uskunalar olib kelingan, eng ilg‘or uslublar o‘zlashtirilgan. Bu futbolchilarga qisqa vaqt ichida jismonan tiklanish imkoniyatini beradi.

Futbol akademiyasida yosh iste’dodlar saralanib, tarbiyalanadi. Buni xalqaro darajada tashkil etish uchun markazga Argentina, Vengriya va Xorvatiya kabi davlatlardan mutaxassislar jalb qilingan. Ular malakali murabbiy, hakam, tahlilchi, seleksioner va futbol menejerlarini tayyorlashda ishtirok etmoqda. Majmuada “VAR markazi” ham tashkil etilgan.

Davlat rahbari shu yerda sport faxriylari va yosh futbolchilar bilan suhbatlashdi. O‘zbekistonda futbol eng ommaviy sport ekani, uni rivojlantirish izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Keyingi yillarda futbol tizimi tubdan yaxshilandi. Bolalar futboli, to‘garaklardan tortib akademiyalar, jamoalar, chempionatgacha e’tibor kuchaydi. Natijalar birin-ketin bo‘y ko‘rsatmoqda. Ularning eng muhimi – Vatanimiz tarixida birinchi marta milliy terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqqani bo‘ldi.

Yana bir shonli yutuq aprelda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida qo‘lga kiritildi. 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoamiz unda birinchi o‘rinni egallab, jahon chempionatiga yo‘llanma olgan edi.

Prezident ushbu qahramon futbolchilarimiz bilan uchrashib, ularga mehr-e’tiborini izhor qildi.

“Biz hamma sohada dunyoda munosib o‘rin egallashga intilyapmiz. Sportchilarimiz buni tezroq yetkaza oladi. Sizlar irodali g‘alabangiz bilan, xalqimiz mehnat qilsa, harakat qilsa, hamma narsaga qodir ekanini yana bir bor isbotladingiz. Butun dunyo sizning timsolingizda azm-u shijoatli, g‘ururi baland, hech qachon intilishdan qaytmaydigan yangi O‘zbekiston avlodini ko‘rdi. Endi futbolni hozirgidan ham 2-3 karra ko‘proq qo‘llab-quvvatlaymiz. Sizdek yoshlar xalqimizning ishonchi, Prezidentning quvonchisizlar” – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sportchilar bu sharoitlar uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, xalqimiz ishonchini oqlashga va’da berishdi.



														
														Gvardiola “Siti”dan ketmoqda

Gvardiola “Siti”dan ketmoqda

Pep Gvardiola 10 yillik faoliyatidan so‘ng, rasman “Manchester Siti” bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi.
17:29 / 22.05.2026

														
														“Sindarov bilan o‘yin unchalik qoniqarli bo‘lmadi” – Alireza Firuzja

“Sindarov bilan o‘yin unchalik qoniqarli bo‘lmadi” – Alireza Firuzja

Fransiyalik grossmeyster sog‘lig‘idagi jiddiy muammolarga qaramay, Ruminiyada bo‘lib o‘tayotgan “Grand Chess Tour” turnirida…
16:38 / 20.05.2026

														
														Lamin Yamal chempionlik paradida Falastin bayrog‘ini ko‘tardi

Lamin Yamal chempionlik paradida Falastin bayrog‘ini ko‘tardi

11-may kuni “Barcelona” jamoasi La Liga chempionligini nishonlash maqsadida chempionlik paradini tashkil qildi.
10:53 / 12.05.2026

														
														Javohir Sindarovni Yan Nepomnyashiyga qiyoslashdi

Javohir Sindarovni Yan Nepomnyashiyga qiyoslashdi

“Javohirning Nomzodlar turniridagi ishtiroki xuddi Nepomnyashiyning Madridda ko‘rsatgan natijasiga o‘xshadi”, – Alireza Firu…
17:01 / 06.05.2026

														
														Ruslan Nurudinov yana shohsupaning eng yuqori pog‘onasida

Ruslan Nurudinov yana shohsupaning eng yuqori pog‘onasida

Ruslan Nurudinov Samoadagi xalqaro turnirda chempionlikni qo‘lga kiritdi.
16:51 / 01.05.2026

														
														O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi

O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi

Tarkibdan Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov ham o‘rin olgan.
17:06 / 30.04.2026

														
														Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Ikki karra Olimpiada va Jahon chempioni Bahodir Jalolov 9-may kuni Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida o‘tkaziladigan y…
10:44 / 30.04.2026

														
														“Bavariya”ga mag‘lub bo‘lgan “Real” La Ligada ham ochko yo‘qotdi

“Bavariya”ga mag‘lub bo‘lgan “Real” La Ligada ham ochko yo‘qotdi

11-aprelga o‘tar kechasi Ispaniya La Ligasining 31-turidan o‘rin olgan “Real Madrid” – “Girona” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Und…
11:50 / 11.04.2026

														
														“Men Javohir Sindarov va Magnus Karlsen matchini ko‘rishni xohlayman” – Garri Kasparov

“Men Javohir Sindarov va Magnus Karlsen matchini ko‘rishni xohlayman” – Garri Kasparov

Shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparov Javohir Sindarov Kiprda g‘alaba qozonsa, keyingi voqealar qanday rivojlan…
18:31 / 08.04.2026

														
														Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026

Bu ham qiziq

26-may kungi ob-havo ma’lumoti

26-may kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:19 / 25.05.2026
Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish…
17:12 / 26.05.2026
Alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

Alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

Prezident tomonidan imzolangan yangi farmonga ko‘ra, 1-iyundan boshlab O‘zbekistonda mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish kor…
19:08 / 28.05.2026
Farg‘onada bank xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Farg‘onada bank xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

DXX xabariga ko‘ra, Farg‘onada bank xodimi pora olayotganida qo‘lga tushgan.
17:07 / 29.05.2026
Kichik biznes uchun e’lon qilingan yangi yengilliklar tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Kichik biznes uchun e’lon qilingan yangi yengilliklar tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Ko‘p yillardan buyon biznes vakillari QQSga o‘tishdagi 1 milliard so‘mlik chegara pastligi, murakkab soliq tizimi hamda orti…
11:00 / 29.05.2026
4 oyda 24 mingdan ziyod xorijliklar davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan

4 oyda 24 mingdan ziyod xorijliklar davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan

2026-yilning yanvar–aprel oylarida jami 24 176 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
17:15 / 29.05.2026
Rossiyadagi o‘zbekistonlik mahbuslar jazoni vatanda o‘tash istagini bildirdi

Rossiyadagi o‘zbekistonlik mahbuslar jazoni vatanda o‘tash istagini bildirdi

Rossiyaning Saxalin viloyatida jazo muddatini o‘tayotgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari jazoning qolgan qismini vatanda o‘…
11:18 / 26.05.2026
Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Jahon meteorologiya tashkiloti hamda “O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida g‘arbiy nam havo oqimlari k…
17:18 / 26.05.2026
Yevropa Ittifoqi «Temu» platformasini jarimaga tortdi

Yevropa Ittifoqi «Temu» platformasini jarimaga tortdi

Platforma xavfli mahsulotlar savdosini yetarlicha nazorat qilmagani uchun 200 mln yevro miqdorida jarimaga tortildi.
13:57 / 30.05.2026
27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:39 / 26.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!