AQSh Prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoning lavozimidan iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi gaplarni “dahshatli xato” deb atadi.
Trampning ta’kidlashicha, Infantino avvalgi rahbarlarga qaraganda ancha muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan va Jahon chempionatini muvaffaqiyatli tashkil etgan.
Bu bayonot FIFA’ning yangi FIFA Forward Enterprise (FFE) loyihasi atrofidagi bahslar kuchaygan bir paytda yangradi. Loyiha FIFA’ning tijoriy va turnirlarni tashkil etish faoliyatini birlashtirish hamda xususiy investorlarni jalb qilishni nazarda tutgan.
Tashabbus UEFA tomonidan tanqid qilingan va ayrim tomonlardan Jahon chempionatini boykot qilish tahdidlari ham bildirilgan.
Keyinchalik FIFA prezidenti Janni Infantino loyiha atrofidagi bahslarni tan olib, taklif amalga oshirilmasligini ma’lum qildi.
Infantino 2016-yildan beri FIFA prezidenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. Tashkilot rahbarining navbatdagi saylovi 2027-yilda o‘tkazilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!