Afg‘onistonda “Tolibon” xususiy oliy ta’lim muassasalarida ayrim ta’lim yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich yopishni rejalashtirmoqda.
Mahalliy “Hashti Subh” nashri xabariga ko‘ra, xususiy universitetlarda huquqshunoslik, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida talabalar qabulini to‘xtatish rejalashtirilgan.
Bu qaror Afg‘onistonda oliy ta’lim tizimiga nisbatan “Tolibon” tomonidan joriy etilayotgan yangi cheklovlarning navbatdagi ko‘rinishi sifatida baholanmoqda.
Mazkur yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar ta’limini qanday davom ettirishi va o‘qishni yakunlash tartibi bo‘yicha hozircha qo‘shimcha tafsilotlar keltirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyining boshida “Tolibon” boshqaruvidagi Afg‘oniston Oliy ta’lim vazirligi yettita xususiy universitet faoliyatini bir yilga to‘xtatgan, yana ikkita oliygoh faoliyatiga cheklov joriy etgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!