Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan Hasaka viloyatida Suriya Demokratik Kuchlari (SDK) tinch aholiga qarshi ommaviy qotilliklarda ayblanmoqda. Bu holat kurd tuzilmalari bilan Damashqdagi o‘tish davri hukumati o‘rtasida otashkesim e’lon qilinganidan so‘ng vaziyatning keskin yomonlashuviga olib keldi.
Mahalliy manbalar va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, 18–19-yanvar kechasi SDK bo‘linmalari Hasaka shahrining arablar yashaydigan mahallalari va qishloq hududlarida, jumladan shaharning janubiy atroflari hamda Gveyran mahallasida keng ko‘lamli reydlar o‘tkazgan. Guvohlarning aytishicha, operatsiyalar oldidan elektr ta’minoti o‘chirilgan, shundan keyin uylar tintuv qilingan va tinch aholiga o‘q uzilgan.
Arab va qabila manbalariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 120 nafardan oshgan, ayrim xabarlarda esa qurbonlar soni 150–300 nafarga yetgani aytilmoqda.
Avvalroq, Suriya armiyasi va kurdlar o‘zaro integratsiya bo‘yicha bitim imzolagani aytilgan edi. Ammo sulh buzilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!