Toşkent şahrida ötkazilayotgan «Döstlik Cup 2026» xalqaro futbol festivalida iştirok etiş uçun kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilarning bir qismi zaharlaniş alomatlari bilan şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «Kazinform» axborot agentligi xabar berdi.
Sportçilardan birining onasi Gulnurning aytişiça, zaharlanişning dastlabki holatlari 30-oktyabr kuni nonuştadan keyin kuzatilgan. 31-oktyabrga ötar keçasi futbolçilarning bir qismida tana harorati kötarilişi, iç ketişi va qayt qiliş alomatlari paydo bölgan. Uning sözlariga köra, bir keçada 11 kişi betob bölgan. Keyinçalik boşqa jamoalardagi bolalarda ham şunga öxşaş alomatlar kuzatilgan.
Onaning ma’lum qilişiça, 1-noyabr kuni köplab yoş futbolçilar soğliği yomonlaşgani sababli final uçraşuvlarida iştirok eta olmagan. Ota-onalar bunga sportçilar joylaştirilgan mehmonxonadagi ovqatlar sabab bölgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Xususan, nonuştada tuxum va sosiska kabi mahsulotlar tortilgan.
Vaziyat yuzasidan Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi ham munosabat bildirdi. Idora ma’lumotiga köra, festivalning bir qator iştirokçilari salomatligi tösatdan yomonlaşgan. Tibbiy yordamga muhtoj Qozoğiston fuqarolari Özbekistonning ixtisoslaştirilgan tibbiyot muassasalariga joylaştirilgan va ularga zarur yordam körsatilmoqda.
Qozoğiston diplomatlari jabrlanganlarning yaqinlari hamda tibbiyot muassasalari bilan aloqada bölib turibdi. Vaziyat vazirlik nazoratida ekani ma’lum qilingan.
Şuningdek, soğliği barqaror bölgan iştirokçilarning avval rejalaştirilgan poyezd örniga aviareyslar orqali Qozoğistonga qaytişi taşkil etilmoqda. Ayrim oilalar esa hozirça Toşkentda qolmoqda.
Hozirça futbolçilarning zaharlanişiga aynan nima sabab bölgani haqida rasmiy xulosa berilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!