Surxondaryo viloyati Termiz tumanida temiryo‘l kesishmasidan qoidalarni buzgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan “Gazel” ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur voqea 28-sentyabr kuni soat 16:40 larda sodir bo‘lgan. Termiz-Baqtriya temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 4465-kilometri 7-piketida qo‘riqlanadigan temiryo‘l kesishmasiga poyezd yaqinlashayotgani sababli avtotransport vositalarining harakati cheklangan.
Biroq 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi “Gazel” avtomobilida qoidalarni buzgan holda harakatlangan va temir to‘siqqa urilib, ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida elektrovoz tortib ketayotgan Termiz—Darband shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi to‘xtab qolgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yo‘lovchi poyezdi shu kuni soat 17:25 da harakatni davom ettirgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Mas’ullar tomonidan holat bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!