23-oktyabr kuni Anqara shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi va xavfsizlik nuqtayi nazaridan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi va Turkiya IIV Politsiya tashkiloti tomonidan Turkiyaning barcha hududlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari kuchaytirilganligi o‘rganildi. Bu haqda Istanbul Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Shuningdek, vatandoshlarimizdan jamoat joylarida hushyorlikni oshirishlari va ehtiyot choralarini ko‘rishlari, ayniqsa aeroport, temir-yo‘l vokzali, avtoshohbekat, kemalar stansiyalarida, metro va boshqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari so‘ralgan.
Turkiyadan chiqib ketish arafasida bo‘lgan fuqarolarimizdan aeroportlarga uchish uchun qayddan o‘tish (registratsiya) vaqtidan kamida 1 soat oldin yetib borishlari, shubhali buyumlar va shaxslar to‘g‘risida yaqin oradagi politsiya yoki xavfsizlikni ta’minlash (Özel güvenlik) bo‘linmalari xodimlariga xabar berish tavsiya etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!