Khaama Press’ga ko‘ra, Tojikiston hukumati afg‘onistonlik qochqinlarni, jumladan, yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan va immigratsiya bo‘yicha arizalarining ko‘rib chiqilishini kutayotganlarni qo‘lga olish va deportatsiya qilish kampaniyasini boshlagan.
“So‘nggi haftalarda Tojikiston xavfsizlik kuchlari har kuni o‘nlab afg‘onistonliklarni, asosan erkaklarni hibsga olmoqda. Ular ish joylaridan olib ketilmoqda, oila a’zolari esa bu haqda xabarsiz qolmoqda”, –deya xabar bermoqda Khaama Press.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda 13 mingdan Afg‘oniston fuqarosi istiqomat qiladi. Ularning aksariyati “Tolibon” harakati 2021-yilda Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, mamlakatdan qochgan sobiq amaldorlar va harbiylardir.
“Tojikistonning afg‘onistonliklarni ommaviy ravishda chiqarib yuborish harakati mintaqaviy tendensiyaning bir qismi bo‘lib, Eron va Pokiston hukumatlari ham xuddi shunday choralarni ko‘rmoqda”, – deyiladi Khaama Press xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!