Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat mukofotlari bilan taqdirlangan har bir insonning mehnati, fidoyiligi va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga loyiq ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, shu kunlarda hududlarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlariga ham samimiy tabriklar yo‘llandi.
Mukofotlanganlar orasida mamlakatdagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekistonga yirik investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni olib kirayotgan xorijiy hamkorlar ham borligi qayd etildi. Davlat rahbari ularga ham minnatdorlik bildirdi.
Marosim davomida Prezident davlat mukofotlarini ularning sohiblariga tantanali ravishda topshirdi.
Tadbir yakunida Shavkat Mirziyoyev mukofotlanganlarni yana bir bor tabriklab, ularga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
“Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi, deb ishonaman”, — dedi davlat rahbari.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!