Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik grant dasturi g‘oliblari taqdirlandi. Tashabbus Uzum va Hamroh hamkorligida amalga oshirildi.
Zulayxo Mahkamova, Dilfuza Nurmatova hamda Svetlana Xe ishtirok etib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va yangi imkoniyatlarga to‘xtaldilar.
Dastur doirasida 20 nafar g‘olib ayol tadbirkor aniqlandi. Umumiy 1 milliard so‘mlik grant mablag‘lari uchta yo‘nalish — mentorlik, axborot texnologiyalari va “yashil” energetika bo‘yicha taqsimlandi.
Mazkur tashabbus davlat va xususiy sektor hamkorligi asosida ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda zamonaviy tadbirkorlik muhitini shakllantirishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!