$
11909.66 UZS
-24.58
152.28 UZS
-0.7
13588.92 UZS
-2.99
31° Kechasi 18°

Toshkentdagi Amir Temur xiyoboniga kartoshka ekmoqchi bo‘lganlar 15 sutkaga qamaldi

18:01 / 20.05.2022

Amir Temur xiyobonida mast holatda noo‘rin xatti-harakatlar sodir etgan ikki fuqaroning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvi yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

Unga ko‘ra, huquqbuzarlar: A. I. (1989-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) va S. M. (1991-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) 2022-yil 17-may kuni soat 23:20 lar atrofida Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur xiyobonida noo‘rin xatti-harakatlar sodir etgan.

Alkogolli ichimlik taʼsiridan mast holda bo‘lgan bu ikki fuqaro jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, IIO xodimlari eʼtiborini tortgan. Natijada IIO xodimlari tomonidan shaxslariga aniqlik kiritish maqsadida ular IIB binosiga taklif etilgan. Biroq, jamoat tartibini buzayotgan bu ikki fuqaro IIO xodimlarini uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, ularning qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortgan.

Huquqbuzarlarga oid maʼmuriy ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining ish yurituviga 2022-yil 19-may kuni kelib tushgan. Shu kuni mazmunan ko‘rilib, ularning har ikkisiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ushbu Kodeksning 34-moddasi tartibida 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston Gruziyada elchixona ochadi

O‘zbekiston Gruziyada elchixona ochadi

Toshkent va Tbilisi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarda muhi…
14:26 / 03.07.2026
Venesuelada 8 kun vayronalar ostida qolgan erkak mo‘jizaviy tarzda qutqarildi

Venesuelada 8 kun vayronalar ostida qolgan erkak mo‘jizaviy tarzda qutqarildi

Venesuelaning La Guaira shahrida kuchli zilziladan sakkiz kun o‘tib vayronalar ostidan tirik topilgan 43 yoshli erkak qutqar…
15:45 / 03.07.2026
Samarqandda pora bilan qo‘lga tushgan ikki advokatga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda pora bilan qo‘lga tushgan ikki advokatga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyatining ikki tumanida faoliyat yuritgan advokatlar pora olish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha qo‘lga olindi.
10:19 / 02.07.2026
Ronaldu jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi ilk golini urdi

Ronaldu jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi ilk golini urdi

Ronalduning Jahon chempionatlarida kiritgan umumiy hisobdagi gollari soni 11 tani tashkil qilmoqda.
16:50 / 03.07.2026
AQSh da 16 nafar bola to‘rt yil davomida bitta xonada saqlangani aniqlandi

AQSh da 16 nafar bola to‘rt yil davomida bitta xonada saqlangani aniqlandi

AQSHning Ogayo shtatida joylashgan Hamden qishlog‘idagi xaroba uydan to‘rt yil davomida bitta xonada yashashga majbur qiling…
15:02 / 02.07.2026
Saida Mirziyoyeva: Gendelning “Tamerlano” operasi Parijda ijro etildi

Saida Mirziyoyeva: Gendelning “Tamerlano” operasi Parijda ijro etildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri
17:20 / 01.07.2026
Farg‘onada fuqaroning 16 mln so‘mini o‘zlashtirgan elektr ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada fuqaroning 16 mln so‘mini o‘zlashtirgan elektr ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida elektr energiyasi uchun to‘langan mablag‘ni abonent hisobiga kiritmay, o‘z ehtiyojla…
11:41 / 03.07.2026
Britaniya arxivida AQSh Mustaqillik deklaratsiyasining noyob nusxasi topildi

Britaniya arxivida AQSh Mustaqillik deklaratsiyasining noyob nusxasi topildi

Buyuk Britaniyaning Milliy arxivida AQSH Mustaqillik deklaratsiyasining ilk bosma nusxalaridan biri tasodifan topildi.
09:39 / 03.07.2026
Bolaga zo‘ravonlik qilgan bog‘cha litsenziyasidan ayrilishi mumkin

Bolaga zo‘ravonlik qilgan bog‘cha litsenziyasidan ayrilishi mumkin

Toshkent shahridagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachining bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilgani ortidan bog‘…
12:19 / 02.07.2026
Tailand aeroportida mamlakatdan nasha olib chiqmoqchi bo‘lgan o‘zbeklar qo‘lga olindi

Tailand aeroportida mamlakatdan nasha olib chiqmoqchi bo‘lgan o‘zbeklar qo‘lga olindi

Tailandning Phuket xalqaro aeroportida bojxona xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezk…
14:26 / 02.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!