Toshkent shahridagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachining bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilgani ortidan bog‘cha faoliyatini tugatish bo‘yicha sudga murojaat qilinadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikning tegishli buyrug‘i asosida “Rayyan Kids Land” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan. O‘rganish davomida ta’lim muassasasi tomonidan qonunchilikda belgilangan oltita holat bo‘yicha litsenziya talablari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan.
Xususan, 24-iyun kuni bog‘cha tarbiyachisi tarbiyalanuvchilardan biriga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik ishlatgani qayd etilgan. Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkiloti litsenziya talablarini qo‘pol ravishda buzishi va buning oqibatida fuqarolarning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetishi litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Rayyan Kids Land” nodavlat ta’lim muassasasining litsenziyasini bekor qilish yuzasidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!