Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi ilk golini urdi. U Xorvatiyaga qarshi kechgan 1/16 final uchrashuvining 68-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi. 41 yoshli futbolchi o‘z faoliyatidagi oltinchi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Bunga qadar futbolchi pley-off bahslarida jami 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi.
Ronalduning Jahon chempionatlarida kiritgan umumiy hisobdagi gollari soni 11 tani tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!