Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida elektr energiyasi uchun to‘langan mablag‘ni abonent hisobiga kiritmay, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan elektr ta’minoti xodimlari fosh etildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Departamentning Dang‘ara tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman elektr ta’minoti korxonasi muhandisi hamda ushbu korxonaning sobiq xodimi o‘zaro til biriktirib, fuqaroning ishonchiga kirgani aniqlangan.
Ular elektr energiyasi uchun to‘lov sifatida fuqarodan 16 million so‘m olgan, biroq mablag‘ni abonent hisob raqamiga o‘tkazmagan. Shuningdek, fuqaroning elektr hisoblagichi billing tizimidan chiqarib yuborilgani va olingan pul shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflangani ma’lum bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlikka oid moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!