Tailandning Phuket xalqaro aeroportida bojxona xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tekshiruvlar natijasida yirik miqdordagi nasha mahsulotlarining kontrabandasi 1-iyul kuni Tailanddan uchib ketishni rejalashtirgan ikki nafar 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bojxona nazoratidan o‘tish paytida qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida gumonlanuvchilarning yuklari orasidan jami og‘irligi 26 kilogrammdan ortiq bo‘lgan nasha mahsulotlari yashirilganligi aniqlangan.
Ularga nisbatan bojxona qonunchiligini buzish, narkotik moddalar va nazorat ostidagi o‘simliklar aylanmasiga oid moddalar bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ish Saxu politsiya bo‘limiga topshirildi. Voqea Phuket rasmiylari turistlarning nojo‘ya xatti-harakatlari tufayli orol nufuzini himoya qilish maqsadida nasha nazoratini kuchaytirayotgan bir vaqtda sodir bo‘lgan aytiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!