Joriy yil 7-mart kuni Toshkent shahar IIBBga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda “Eski-Jo‘va dehqon bozori” AJ direktori o‘rinbosari bozor hududidan savdo joyini ajratib berishi uchun 300 AQSh dollari berishini talab qilayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Toshkent shahar IIBB bergan maʼlumotga ko‘ra, mazkur arizaga asosan, shu kuni IIBB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida “Eski-Jo‘va dehqon bozori” AJ direktorining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari shu bozorda quruq meva pavilyoni sotuvchisi orqali ariza muallifidan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan 2022-yil 8-mart kuni Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!