Turkiyadan G‘azo sektori aholisi uchun gumanitar yordam ko‘rsatadigan sakkizinchi kema bugun, 28-mart, payshanba kuni yo‘lga chiqadi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, 2960 tonna gumanitar yuk AFAD tomonidan Turkiya jamg‘armalari Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Falastinga jo‘natilmoqda.
Kema Turkiyaning Janubi-sharqidagi Mersin portidan mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da jo‘nab ketadi.
Gumanitar yordam partiyasi 125 ming oziq-ovqat to‘plamini o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunga kelib, Turkiya AFAD tomonidan muvofiqlashtirilgan va NNT ko‘magida Falastin aholisiga 13 ta samolyot va yettita gumanitar yordam kemalarini yuborgan.
Kemalar, havo ko‘priklari, mahalliy xaridlar va BMTning yaqin Sharq agentligi bilan hamkorlikda falastinlik qochqinlarga yordam berish orqali yuborilgan gumanitar yordamning umumiy hajmi 39 607 tonnani tashkil etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!