Turkiyadagi hozirgi inflyatsiya darajasi 1998-yil sentyabrdan beri eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi. Mutaxassislar mamlakatda narxlar ko‘tarilishining sabablaridan biri bo‘lgan foiz stavkalarini pasaytirish siyosatini ko‘rib chiqmoqdalar, deyiladi xabarda.
Turkiya statistika instituti 3-oktyabr, dushanba kuni xabar berishicha, sentyabr oyi oxirida Turkiyada yillik inflyatsiya 83,45 foizni tashkil etdi va bir oy ichida 3,08 foizga o‘sgan. Bu 1998-yil sentyabr oyidan beri mamlakatda yillik inflyatsiyaning eng yuqori darajasidir.
Ta’kidlanishicha, oziq - ovqat va alkogolsiz ichimliklar narxlarining yillik o‘sishi 93 foizni, transport narxlarining o‘sishi esa 117,66 foizni tashkil etgan. So‘nggi bir yil ichida aloqa va ta’lim sohasidagi narxlar mos ravishda 30,76 foiz va 36,69 foizga oshgan.
Yarim tayyor mahsulotlar narxining oshishiga olib keladigan xalqaro ta’minot zanjirlari bilan bog‘liq muammolar ham narxlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, narxlarning ko‘tarilishi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida o‘sgan elektr energiyasining narxi bilan ham bog‘liq, deyiladi ma’lumotda.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Turkiyada inflatsiya darajasining o‘sishida yana bir omillardan biri, prezident Rajab Toyyip Erdog‘anning 2018-yilda boshlagan iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish uchun foiz stavkalarini pasaytirish siyosati Turkiyada narxlarning ko‘tarilishiga ta’sir qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!