Uzbek Gift Contest tanloviga arizalar qabul qilinmoqda
Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik suvenir sifatida ommalashtirishga qaratilgan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
Tanlovda dizaynerlar, rassomlar, ijodkor yoshlar hamda “Hunarmand” uyushmasi a’zolari ishtirok etishi mumkin. G‘olib deb topilgan har bir ishtirokchi 5 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish:
Dizaynerlar uchun — https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8
Hunarmandlar uchun — https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7
Arizalar:
1-bosqich uchun — 16-avgustgacha;
2-bosqich uchun — 20-sentyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlovning asosiy maqsadi hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘aga aylantirish hamda sayyohlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop suvenirlar yaratishni rag‘batlantirishdan iborat.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!