Xabar berilishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yaxshilash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi boʻylab 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish boʻyicha keyingi ishlar uchun yoʻl qoplamasini demontaj qilish ishlari olib boriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabar berdi.
Shu sababli, joriy yilning 10-noyabr kuni kech soat 00:00 dan 11-noyabr kuni soat 22:00 ga qadar Bobur koʻchasining Seul ko‘chasi bilan kesishmasidan Bahodir koʻchasigacha bo‘lgan qismida bir tomondan avtomobil harakat cheklanadi.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, – deydi “Toshkent shahar elektr tarmoqlari”.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!