$
11935.37 UZS
23.66
₽
145.58 UZS
-0.91
€
13432.07 UZS
112.4
31° Kechasi 18°

“Yangi oltin”ga aylanadigan metall nomini aytildi

17:01 / 21.01.2022

Mis global energetika tizimida muhim rol o‘ynaydi, deb yozadi USM Group (“Udokanskaya med” ham kiradi) asoschisi Alisher Usmonov Jahon Iqtisodiy Forumi saytidagi maqolasida.

“Mis ko‘pincha yangi oltin, yangi neft yoki hatto kelajak metalli deb nomlanadi, chunki u past uglerodli iqtisodiyotlar va yuqori texnologiyali sanoatlarda ajralmas rol o‘ynaydi” – deya qayd etgan Alisher Usmonov.

Shuningdek, maqolada Alisher Usmonov Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga iqtibos keltirgan. Unga ko‘ra, 2040-yilga borib toza energiya texnologiyalarida qo‘llaniladigan minerallar va metalllar orasida mis, nikel va grafitga talab ustunlik qiladi. Bu vaqtga kelib misga talab 2020-yilga nisbatan 2,7 barobar oshadi.

“Ushbu metall qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari uchun ham muhim bo‘ladi”, – deb yozadi Usmonov.

Bundan tashqari, USM asoschisi yaqin yillarda misga bo‘lgan talab metall narxining o‘sishiga olib kelishi va kelajakda taklifdan oshib ketishi mumkinligini ta’kidlaydi.

“Mis tanqisligining oldini olish uchun qidiruv va yangi loyihalarga sarmoya kiritish, shuningdek, ishlab chiqarish va mahsuldorlikni oshirish uchun texnologiyalarni ishlab chiqish kerak”, – deb yozadi milliarder.

2020-yil may oyida Jahon banki 2050-yilga borib, toza energiya texnologiyalariga ortib borayotgan talabni qondirish uchun mis, grafit, litiy va kobalt kabi minerallarni ishlab chiqarish deyarli 500 foizga oshishi mumkinligi haqidagi hisobotini taqdim etgan.

Mualliflarning hisob-kitoblariga ko‘ra, shamol, quyosh va geotermal energiyadan foydalanish hamda isish jarayonini 2° C dan past darajada ushlab turish uchun energiyani saqlash uchun 3 milliard tonnadan ortiq mineral va metalllar kerak bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqand şahrida fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilgan turistik fi…
09:27 / 04.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
Samarqandda 4 kişini Umraga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi

Samarqandda 4 kişini Umraga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi

Samarqandda tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi xodimi tört kişini Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, 5 …
15:25 / 04.11.2026
Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yoğingarçilik kuzatilmaydi. Bu haqda Öz…
17:34 / 02.11.2026
YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilib, holat aks etgan videoni Instagram’ga joy…
15:40 / 04.11.2026
Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoro viloyatida xalqaro standartlarga mos, qiymati 300 million dollar bölgan yangi aeroport qurilmoqda. Yangi majmua bir v…
11:44 / 04.11.2026
Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026
4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:30 / 03.11.2026
Toşkentda Spark yonib ketdi

Toşkentda Spark yonib ketdi

Keça, 2-noyabr kuni Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida Spark avtomobilida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Fav…
12:51 / 03.11.2026
Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropaning qator davlatlarida aholi daromadining katta qismini uy-joy xarajatlariga sarflamoqda. 2025-yil yakunlariga köra,…
09:47 / 04.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!