$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Yerliklar xavf ostida yoxud olimlarning dahshatli prognozi

21:53 / 08.03.2023

Avstraliyalik mutaxassislar butun dunyo bo‘ylab PM2.5 zarralarining o‘rtacha kunlik konsentratsiyasini o‘rganishdi. Natija insonlarni umidsizlikka tushirishi mumkin: Yer sayyorasining deyarli barcha hududida ushbu parametr kunlarning 70 foizidan ko‘prog‘ida xavf darajasi yuqori.

Qayd etilishicha, Monash universiteti olimlari PM2.5 ning ommaviy konsentratsiyasi bo‘yicha yangi global tadqiqot o‘tkazgan. Bu mayda qattiq mikrozarrachalar va suyuq tomchilardan tashkil topgan havodagi ifloslantiruvchi moddadir. PM2.5 indikatori havo sifati va uning inson salomatligiga tahdidini baholashning asosiy parametri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) standartlariga ko‘ra, PM2.5 ning o‘rtacha yillik darajasi 10 mikrogramm/kubmetrdan oshmasligi kerak. Hozirda o‘rtacha kunlik miqdor 25 mkg/kubmetrni tashkil etmoqda.

Yangi tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, dunyo quruqlik maydonining atigi 0,18 foizi va dunyo aholisining 0,001 foizi PM2.5 ning zararsiz darajasiga ega hududda yashaydi. So‘nggi yigirma yil ichida (olimlar 2000-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarni tahlil qilishgan) Janubiy Osiyo, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Lotin Amerikasi va Karib havzasida vaziyat yomonlashdi. Yevropa va Shimoliy Amerikada vaziyat biroz yaxshiroq.

Xulosalar

Butun dunyo bo‘ylab PM2.5 yuqori ta’sir qiluvchi kunlar soni biroz qisqarganiga qaramay, 2019 yilga kelib kunlarning 70 foizdan ortiq qismida PM2.5 konsentrasiyasi 15 mkg/kubmetrdan yuqori bo‘lgan.

Janubiy va Sharqiy Osiyoda kunlik PM2.5 konsentrasiyasi kunning 90 foiz vaqtida 15 mkg/kubmetrdan oshadi.

Avstraliya va Yangi Zelandiyada 2019-yilda PM2.5 konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan kunlar soni sezilarli darajada oshgan.

Global miqyosda 2000-yildan 2019-yilgacha o‘rtacha yillik PM2,5 darajasi 32,8 mkg/kubmetr tashkil etgan.

PM2.5 ning eng yuqori konsentratsiyasi Sharqiy Osiyo (50,0 mkg/kubmetr) va Janubiy Osiyo (37,2 mkg/kubmetr) mintaqalarida, undan so‘ng Shimoliy Afrikada (30,1 mkg/kubmetr) kuzatilgan.

Avstraliya va Yangi Zelandiya (8,5 mkg/kubmetr), Okeaniyaning boshqa hududlari (12,6 mkg/kubmetr) va Janubiy Amerika (15,6 mkg/kubmetr) PM2,5 ning eng past yillik konsentratsiyasiga ega.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, xavfli PM2.5 konsentrasiyasi turli mavsumiy naqshlarni ko‘rsatadi. Masalan, PM2.5 ning eng yuqori konsentratsiyasi Shimoliy-Sharqiy Xitoy va Hindistonda qish oylarida (dekabr, yanvar va fevral), Shimoliy Amerikada yoz oylarida (iyun, iyul, avgust) va Janubiy Amerikada avgust va sentyabrda kuzatilgan.

Eslatib o‘tish mumkin, yupqa zarrachalar (PM2.5) havoni ifloslantiruvchi modda bo‘lib, uning darajasi yuqori bo‘lganida odamlar salomatligi uchun tashvish uyg‘otadi. PM2.5 ko‘rinishni kamaytiradi va ortib borgan sari atrof-muhit xiralashgan ko‘rinishga keladi.


salomatlik


														
														Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026

														
														Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026

														
														Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha semizlik 3,7 mln kishining o‘limig…
10:05 / 08.10.2026

														
														Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida vabo yuqtirgani gumon qilingan 27 yoshli ayol pnevmoniyadan vafot etgani ma’lum qilindi. Rosp…
10:15 / 05.10.2026

														
														Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

2-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol va yangi tug‘ilgan chaqa…
14:55 / 03.10.2026

														
														Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan…
09:45 / 03.10.2026

														
														Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026

														
														“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

														
														Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Rasmiylar vafot etgan bolalarning uyidan topilgan siroplarni vaqtincha sotishni to‘xtatdi.
20:42 / 03.10.2025

														
														O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

Toshkentdagi xalqaro akademik markaz — mintaqaviy innovatsion markazga aylanmoqda;
17:09 / 26.09.2025

Bu ham qiziq

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!