
Habib Nurmagomedovning amakivachchasi Umar Nurmagomedov yengil vaznda ringga chiqadi. Uning birinchi jangi 19-aprel kuni UFC 249 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Sportrbc.ru nashri.
Umar Nurmagomedov UFC jangchilaridan biriga aylandi va o‘zining amakivachchasi Habib Nurmagomedov hamda Toni Fergyuson o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin debyut jangini o‘tkazadi.
Habib va Fergyuson o‘rtasidagi chempionlik jangi 19-aprel kuni UFC 249 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Umarning jangi oqshomning asosiy voqeasidan oldin bo‘lib o‘tadi. Uning raqibi hali aniqlanmagan.
24 yoshli Umar Nurmagomedov bunga qadar Professional jangchilar ligasi (PFL) va Ommaviy jang kechalari (FNG) tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan janglarda ishtirok etgan. Uning hisobida mag‘lubiyatlarsiz 12 ta g‘alaba mavjud.
Nurmagomedov o‘zining ilk jangini 2016-yil 16-dekabr kuni Moskvada vatandoshi Rishat Xarisovga qarshi o‘tkazgandi. Oxirgi jangi esa o‘tgan yilning 23-noyabrida argentinalik Brayan Gonsalesga qarshi bo‘lib o‘tgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!