O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 151 nafar davlat xodimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonalari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, sakkiz oy davomida murojaatlar bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha davlat tashkilotlariga 5 ming 486 ta hujjat kiritilgan.
Natijada:
151 nafar xodim lavozimidan ozod etilgan;
833 nafarga hayfsan berilgan;
150 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilgan;
1 335 nafar xodim rasman ogohlantirilgan;
89 nafar xodim jarimaga tortilgan;
8 nafar xodimning lavozimi pasaytirilgan.
Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p kamchiliklar bandlik, mahalla, Majburiy ijro byurosi, sog‘liqni saqlash, prokuratura, ijtimoiy himoya va energetika sohalarida aniqlangan.
Prezident Xalq qabulxonalari murojaatlar yuzasidan mas’ullarga chora ko‘rish bilan birga, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ham ish olib borgan.
Xususan, aholidan eng ko‘p murojaatlar kelib tushayotgan qariyb 10 ta tashkilotda amaliy o‘quv seminarlari tashkil etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 13-avgustgacha Prezident Xalq qabulxonalariga fuqarolardan jami 557 ming 254 ta murojaat kelib tushgan. Eng ko‘p murojaat Toshke
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!